Rossiya qurilishlaridagi migrantlar yetishmasligi rossiyalik ayollar bilan to‘ldirilishi mumkin

2021 yil 1-yanvardan boshlab Rossiya Mehnat vazirligining farmoni kuchga kiradi. Farmon bilan ayollar uchun taqiqlangan mutaxassisliklar to‘rt baravarga qisqartiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiya qurilishlaridagi mehnat migrantlari yetishmasligi mahalliy ayollar kadrlari bilan qisman to‘ldirilishi mumkin. Bu haqda RIA Nedvijimost xabar qilmoqda.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab Rossiya Mehnat vazirligining farmoni kuchga kiradi. Farmon bilan ayollar uchun taqiqlangan mutaxassisliklar to‘rt baravarga qisqartiriladi.

Ishsiz rossiyaliklar migrantlarni mehnat bozoridan siqib chiqara oladimi?

Shu tariqa, rossiyalik ayollar 30 dan ziyod kasblarda, jumladan, ilgari xavfli sanalgan qurilish sohasida ishlashlari mumkin bo‘ladi.

“Genezis” yuridik kompaniyasi mutaxassisi Vasiliy Sosnovskiyning so‘zlariga ko‘ra, qator cheklovlar bekor qilinishiga qaramasdan quruvchi tashkilotlarga lavozimidan qat’i nazar og‘ir narsalarni qo‘l bilan  ko‘tarish va boshqa siljitish bilan bog‘liq ishlarga ayollarni jalb qilish taqiqlanadi.

“Og‘ir narsalarni qo‘l bilan ko‘tarish yoki boshqa joyga olib o‘tishda ayollar uchun ruxsat etilgan belgilangan jismoniy yuklanma meyorlariga rioya qilishini shart.  Eng og‘ir yuk – 10 kilogramm”, - deya tushuntirdi ekspert.

Shu bilan birga Quruvchilar milliy birlashmasi rahbari Anton Glushkov ayollar o‘rtasida qurilish sohasi ommalashayotganiniga qaramasdan migrantlar o‘rnini rossiyalik ayollar bilan to‘liq to‘ldirish haqida gapirishga erta.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollar ta’mir ishlarida migrantlar yetishmasligi o‘rnini bosa olgan bo‘lishardi.