O‘zbekiston elchisi Ukraina prezidentiga ishonch yorlig‘i topshirdi

Vladimir Zelenskiy o‘z so‘zida O‘zbekiston Ukrainaning Markaziy Osiyodagi muhim sherigi ekanini ta’kidladi.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher Kurmanov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga ishonch yorlig‘i topshirdi,

O‘zbekiston va Ukraina o‘zaro savdo aylanmasini 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi

“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, Mariinskiy saroyidagi marosim ishonch yorliqlarini topshirish va Ukraina prezidentining nutqi bilan chegaralandi.

Ukraina rahbari o‘z so‘zida O‘zbekiston Ukrainaning Markaziy Osiyodagi muhim sherigi ekani, tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishga intilayotganini ta’kidladi.