Surxondaryodagi Oks Aleksandriyasi devori atayin buzilganmi - Madaniyat vazirligi izoh berdi

Manbalarda aytilishicha, joriy yilning noyabr oyida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi natijasida Kampirtepa yodgorligining janubiy-g‘arbiy devorning o‘rta qismi konservatsiya qilinmaganligi sababli qulab tushgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan  Surxondaryo viloyatidagi qadimiy "Kampirtepa" (Oks Aleksandriyasi) arxeologik yodgorligining devori buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Oks Iskandariyasi - qadimiy shahar sirlari

Manbalarda aytilishicha, joriy yilning noyabr oyida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi natijasida Kampirtepa yodgorligining janubiy-g‘arbiy devorning o‘rta qismi konservatsiya qilinmaganligi sababli qulab tushgan.

Ammo, akademik Rtveladze tomonidan nashrda ta’kidlashicha, qal’adagi ko‘chani bunday buzilishi o‘tgan yili bo‘lgan va bu yil devor buzilishida ham takrorlangan, bu ataylab qilingan. Shu yilning noyabr oyida Rtveladze odgorlikka tashrif buyurganida, hech narsa buzilmagan bo‘lgan.

O‘zbekiston  Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti xodimlari o‘rtasida akademik Rtveladze bilan suhbatdan so‘ng quyidagilarga qaror qilindi:

1. Kampirtepa yodgorligi devorning buzilishi yuzasidan Madaniy meros departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilish.

Surxondaryo prokuraturasi cho‘kib qolgan ko‘prik "ishi"ni qayta ochdi

2. E.V.Rtveladzening tavsiyasiga ko‘ra, restavratsiya ishlarini bahorda boshlash uchun devorning buzilgan qismini mustahkamlovchi vositalar yordamida qalin plonka bilan yopish tavsiya etilgan.

3. Kampirtepa yodgorligidagi ushbu devorni tiklash akademik E.V.Rtveladze boshchiligida respublika budjetidan 2021-yilda ta’mirlanadigan moddiy meros obyektlari dasturiga kiritilsin.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori Edvard Rtveladze odgorlikda 40-yil davomida ilmiy tadqiqot va qazilma ishlarini olib bormoqda. Ushbu qal’a Markaziy Osiyoda antik davrning eng qadimiy yodgorliklaridan biridir.

Ma’lum bo‘lishicha, 1990-2000 yillarda Rtveladze odgorlikning sharqiy qismida restavratsiya ishlarini olib borgan va yodgorlikning kirish qismida ramziy devor qurilgan. Restavratsiya va rekonstruksiya ishlari, jumladan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilgan. 2018-yilda respublika budjetidan yodgorlikning g‘arbiy devorida ta’mir-tiklash ishlari olib borilgan.