Farg‘onada qalbaki “dollar” va “so‘m” tayyorlagan shaxslar aniqlandi

Farg‘onada o‘z xonadonida qalbaki pul ishlab chiqarayotgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi. Xonadonda “Epson” rusumli rangli printer hamda “Lenovo” rusumli noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Farg‘onada o‘z xonadonida qalbaki pul ishlab chiqarayotgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Qoraqalpog‘istonda bir kechada olti kishi, jumladan ikki bola is gazidan zaharlanib o‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.D.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda u qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, 100 kupuradagi AQSh dollarlari, 10 ming va 50 ming so‘mlik kupuradagi qalbaki pullar, 137 dona turli kupuralar chop etilgan A-4 formatdagi qirqilmagan qog‘ozlar, “Epson” rusumli rangli printer hamda “Lenovo” rusumli noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.