O‘zbekiston va YeOII

Mirziyoyev Oliy YeOII kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi prezidenti, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi raisi Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2020-yil 11-dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida ishtirok etadi.

YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi O‘zbekistonga nima beradi?

Tadbirda YeOIIga a’zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir.

Davlat rahbari o‘z nutqida O‘zbekistonning YeOII bilan o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi kutilmoqda.

Shu yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklifni ma’qullagan edi.