Afg‘onistonda yil boshidan 600dan ziyod o‘smirlar o‘ldirilgan yoki jarohatlangan

Inson huquqlari bo‘yicha Afg‘oniston mustaqil komissiyasi 2020-yilning birinchi yarmida toliblar hujumi va radikallar tomonidan tashkillashtirilgan portlashlar oqibatida 630 nafar afg‘on o‘smirlari o‘ldirilgan yoki jarohatlangan
Sputnik

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Afg‘oniston mustaqil inson huquqlari komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning olti oyida Tolibon radikal harakati (RFda ta’qiqlangan) tomonidan Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan jangovar harakatlar yoki terroristik hujumlar natijasida 600 dan ortiq o‘smirlar halok bo‘lgan yoki jarohatlangan.

Afg‘onistondagi portlash oqibatida o‘ttizga yaqin kishi qurbon bo‘ldi

Komissiya dokladidan Afg‘onistonning "Tolo nyus" telekanali iqtibos keltirgan.

Inson huquqlari bo‘yicha komissiyaning aniqlik kiritishicha, "Tolibon" harakatlari natijasida 225 nafar bola halok bo‘lgan, 405 nafari jarohatlangan.

Komissiya vakili Zabixulla Farxanning ta’kidiga ko‘ra, "afg‘on aholi punktlarida zo‘ravonlik eskalatsiyasi" o‘smirlar halokatining asosiy sababi sifatida keltirilgan.

Noyabr oyi oxirida BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet 2020-yilning birinchi 10 oyida Afg‘onistonda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2117 nafar fuqarolar o‘ldirilgan va 3822 nafari jarohatlangan.

Bacheletning so‘zlariga ko‘ra, 12-sentabrda Qatar poytaxtida afg‘on hukumati va "Tolibon" o‘rtasida mamlakatda tinchlikni tiklash borasida muzokaralar boshlanganidan buyon oddiy aholi orasida qurbonlar soni kamayishiga erishilmagan.