Rossiya SSP rahbari migrantlar uchun chegarani ochishga ruxsat berishni so‘radi

Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi bosh vazirdan mehnat migrantlarining mamlakatga kirishiga ruxsat berishni so‘radi.
Sputnik

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi bosh vazirdan mehnat migrantlarining mamlakatga kirishiga ruxsat berishni so‘radi.

Migrantlar uchun rus tilidan imtihon: senatorlar yangi qonunni ma’qulladi

SSP prezidenti hukumat raisiga tegishli maktub yubordi. Sergey Katirinning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda xorijiy ishchi kuchini jalb qiladigan kompaniyalar, shu jumladan MDH mamlakatlaridan sezilarli darajada kadrlar yetishmasligi kuzatilmoqda.

U mehnat migrantlarining kirish tartibini belgilash va bu vakolatni mintaqaviy hukumat organlariga o‘tkazishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr o‘rtalarida Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi. Rossiya hukumati migrantlarning qurilish maydonchalarida ishlashi uchun mamlakatga kirishiga ruxsat bermoqchi.