Muallif Vladimir Bichkov, Sputnik radiosi
1991 yilning sakkizinchi dekabrida Belovej pushchasida Rossiya prezidenti Boris Yelsin, Ukraina prezidenti Leonid Kravchuk va Belarus Oliy kengashi raisi Stanislav Shushkevich MDH tashkil topishi va SSSR tugatilishi haqida Belovej kelishuvini imzolashgan edi.
Yelsinning eng yaqin sherigi Mixail Poltoranin bizning davrimizda kelib bergan intervyularidan birida, Yelsin Belovej kelishuvida qanday rol o‘ynagani haqidagi savolga shunday degan edi: "Yelsin hal qiluvchi rolni o‘ynagan edi. U hech narsaga achinmagan. Unga farqi yo‘q edi... U uchun muhimi, hukumatda bo‘lish edi. U shz navbatida barcha narsaga befarq bo‘lgan Gorbachov bilan birikkan va ular o‘zaro kurashni "ifodalashar" edi, xolos. Aslida esa o‘rtada hech qanday kurash bo‘lmagan! Ular tom ma’noda oqshomlari o‘zaro til biriktirishardi".
O‘z navbatida, Gorbachov Ittifoq pozitsiyalarini xalqaro darajada tushirib borgan. 1989-yilning 3-dekabrida Maltadagi uchrashuvi vaqtida ular prezident katta-Jorj Bush bilan birgalikda SSSR va AQSh boshqa raqib emasliklari haqida bayonot qilishgan. Ushbu kun tarixga "sovuq urush" rasman yakun topgan kun sifatida kirdi. Ammo hozirgi siyosatshunoslarning aksariyati ushbu uchrashuv natijalarini "siyosiy Chernobil", deya atashgan edi.
Katta-Bush 1985-yilda Gorbachov bilan endi tanishgan vaqtida: "Bizning vazifamiz unga yordam berish emas, balki AQSh manfaatlarida shunday harakat qilaylik-ki, toki bu uning siyosati bizga kerakli yo‘nalishda borishiga ta’sir qilsin", degan edi. Genri Kissinjer esa Sharqiy Yevropani SSSRsiz G‘arbiy Yevropa bilan birlashtirish yo‘lidan borishni taklif qildi.
Shu bilan birga, Gorbachovga Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi o‘zgarishlarni Sovet Ittifoqining xavfsizlik manfaatlariga ziyon yetkazmaslik uchun va’da berildi.
Maltadagi uchrashuv oldidan prezident administratsiyasi rahbari Jon Sunun ochiqchasiga: "Biz [Gorbachovga] qattiq zarba beramiz ... u yerda chirpirak bo‘lib aylanadi", degan edi. Kichik-Bush ham: "To‘g‘ri. Biz ular ustiga buzg‘unchilar to‘dasi singari ag‘anaymiz", - deya o‘z fikrini lo‘nda ifodalab qo‘ya qoldi.
Amerikaliklar sovet rahbarining o‘ziga ishonchsizligini tushunib turishardi.
Shu sababli, Maltadan so‘ng ko‘p o‘tmay, davlat kotibi Jeyms Beyker Moskvada Gorbachov bilan bo‘lgan uchrashuvda: "AQSh "neytral emas, balki NATO a’zosi sifatida birlashgan Germaniya" tarafdori ekanligi haqida gapira boshladi. Shu bilan birga, Beyker, NATOning yurisdiksiyasi Sharqqa nisbatan "hozirgi pozitsiyaga qaraganda bir duym ham uzoqlashmasligini" aytib, ishontirdi.
Siyosatshunoslarning fikricha, Gorbachev o‘shanda yon berishlar evaziga g‘arbdan moliyaviy yordam olaman, deb o‘ylagan. Ammo 1991-yilning iyulida "Katta yettilik" sammitida Londonda katta-Bush ushbu orzularni chilparchin qilgan.
Ya’ni bu masalada oydinlik yo‘qligini aytgan. Xotiralarga ko‘ra, Gorbachov Londonni o‘ta cho‘kkan bir holatda tark etgan. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Brent Skoukroft vaziyatni shunday sharhlagan edi: "Gorbachov uning fikricha, unga tegishli narsani olib ketish uchun kelgan edi... U go‘yoki muammoning jiddiyligini tushunmayotgandek". Bunga javoban katta-Bush: "Yigitcha, aftidan, o‘ta sindirilgan ko‘rinadi, shunday emasmi?", degan.
Ammo Belovej kelishuviga qaytsak. Poltoraninning so‘zlariga ko‘ra, "prezidentlik g‘oyasini Yelsin 1989-yilda Amerikadan olib kelgan. AQShda bizning siyosatchilarimiz bilan katta ish olib borilar edi. Yelsin esa tashqi ta’sirlarga haddan beriluvchan edi".
KGB raisi Vladimir Kruchkov 1991-yil iyun oyida SSSR Oliy Kengashi yopiq yig‘ilishida mamlakatda kamida 2200 ta dushman ta’sir agentlari ishlashayotganini xabar qildi. SSSRni qulatish bo‘yicha ishlar chet elda joylashgan qudratli kuchlar tomonidan amalga oshirildi. Buni katta-Jorj Bush ochiqchasiga shunday izohlagan edi: "SSSR ustidan, boz ustiga, uning ichki muxolifati qo‘llari bilan qo‘lga kiritilgan eng katta g‘alaba"...
Yelsin o‘zining "Prezident xotiralari" kitobida SSSRning "Belovej dafn marosimi" paytidagi o‘z his-tuyg‘ularini quyidagicha tasvirlaydi: "To‘satdan qandaydir erkinlik, yengillik hissi paydo bo‘ldi... Men yuragim bilan his qildim: katta qarorlarni osonlikcha qabul qilish kerak..." Bu oson qaror katta ziyofat bilan nishonlandi. Kichik-Bush o‘z xotiralarida Yelsin uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Belovejskaya Pushchadagi ov uyidan qo‘ng‘iroq qilib: "Gorbachov hali bu natijalardan bexabar... Hurmatli Jorj... bu o‘ta muhim, favqulodda muhim. Oramizda allaqachon shakllangan an’anani hisobga olgan holda, Sizga qo‘ng‘iroq qilmaslik uchun yana o‘n daqiqa ham kutib turolmadim", - deganini yozgan.
Men sening asriy qayg‘uingni tushunaman
Belovej pushchasi, Belovej pushchasi...