U go‘yoki sog‘liqni saqlash tizimini ishdan chiqardi, aholini yotoq joylari bilan ta’minlay olmadi, COVID-19 xavfini o‘z vaqtida yetarli darajada baholay olmadi.
Ammo, aslida, Amerika tibbiyotining qulashi - keng aholi uchun mo‘ljallangan tizimi 90-yillarning oxirlarida boshlandi. Aynan Donald Tramp uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi. Masalan, u Amerikaning "Big Farma"ga qarshi ochiq urush boshladi. Biroq, g‘alaba qozonish deyarli mumkin emas edi.
Ko‘p yillar davomida Amerika sog‘liqni saqlash tizimining asosiy muammolaridan biri dori-darmonlarning narxi bo‘lib kelgan. Ishlab chiqaruvchilarning ochko‘zligi tufayli narxlar tinimsiz o‘sdi.
2015 yilda jahon matbuoti har tarafdan Martin Shkreli haqida bong urdi. Ayyor farmatsevt OIVga qarshi mashhur doriga bo‘lgan huquqni sotib olib, tabletkaning narxini darhol oshirdi: 13,5 o‘rniga 750 dollar bo‘ldi. Shkreli yilning eng razil odami deb topildi, ammo bu yordam bermadi, u preparat narxini pasaytirmadi.
Aslida, bu yerda noyob narsa o‘zi yo‘q. So‘nggi yillarda Amerikaning barcha farmatsevtika kompaniyalari dori-darmonlarning narxlarini tez sur’atlarda oshirib borishdi, ular shunchaki nizolardan qochish maqsadida buni zimdan qilishdi. Masalan, taniqli Novartis korporatsiyasi 2003-yilda saraton kasalligiga qarshi dori ishlab chiqardi. O‘shandan beri uning narxi 22 baravarga ko‘tarildi. Bugungi kunda yillik davolash kursi 123 ming dollarni tashkil qiladi.
Kam uchraydigan “yetim” kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dorilarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar juda katta miqdorda foyda olishmoqda. U yerda yillik davolash kursining narxi yarim million dollarga sotib olinmoqda.
2019 yilning olti oyning o‘zida - kayfiyatni yaxshilash uchun - afsonaviy “prozak” dorining narxi 8,8 baravarga ko‘tarildi.
Yashash uchun o‘ta muhim bo‘lgan dori-darmonlarning narxi ko‘tarilishi ayniqsa dahshatli ko‘rinadi. Oddiy insulin dozasi 2009-yildan 2019-yilgacha 3 baravar - 90 dan 330 dollargacha oshdi. Tibbiy sug‘urta insulin narxini qoplaydi, ammo qariyb 2 million qandli diabet kasalligiga chalingan bemorda hech qanday tibbiy sug‘urta yo‘q.
36 yoshli Laura Marston bir yil oldin o‘zi ishlagan kompaniya yopilgandan so‘ng qanday qilib sug‘urtasiz qolgani haqida BBC muxbirlariga aytib bergandi. "Men tirik qolish uchun oyiga 2880 dollar sarf qilardim", - deydi u. Ish topgunicha, Marston o‘z kvartirasini, mebel, mashina sotish, barcha pensiya jamg‘armasini sarflashga majbur bo‘ldi - buning hammasi yashash uchun zarur bo‘lgan dori sotib olish uchun.
Umidsiz odamlar bir doza insulinni bir necha qabulga cho‘zishga harakat qilmoqdalar. Ko‘pincha bu o‘limga olib keladi. 26 yoshli Alek Smit 2017-yilda uning tibbiy sug‘urta tugaganidan bir oy o‘tgach, shu tarzda vafot etdi. Smit to‘la ish kuni mehnat qildi, ammo unda insulin sotib olish uchun oyiga minglab dollar yo‘q edi.
Antibiotiklarning yuqori narxi amerikaliklarni veterinariya dori-darmonlarini sotib olishga majbur qildi. Masalan, akvarium baliqlari uchun penitsillin ommabop bo‘lgan. 1950-yilda yaratilgan "odam" antibiotik suspensiyasining narxi 2400-2800 dollar bo‘lsa, nima qilish kerak?
Aytgancha, statistika ko‘chmas mulk narxlarining rekord ko‘tarilishini sezmaganidek, dori-darmonlar narxlarining rekord darajada o‘sishini ham sezmagani juda qiziq holat. AQShdagi rasmiy inflyatsiya darajasi hanuzgacha bir yarim foiz atrofida bo‘lib turibdi, bu, albatta, reallikka hech qanday aloqasi yo‘q.
AQShda dori-darmonlar bilan bog‘liq vaziyat mutlaqo noyob. Gap nafaqat dori-darmonlarning narxida, balki mahalliy farmatsevtika kompaniyalari bozorni to‘liq monopollashtirgan va amerikaliklarning kerakli tabletkalarni maqbul narxda sotib olish uchun har qanday qonuniy imkoniyatlarini to‘sib qo‘yishgan.
Mahalliy bozor arzon jeneriklar (dori-darmon) importidan mahkam yopiq. Agar faqat shifokorning retsepti bo‘lsa, fuqarolar ozgina miqdorda dori-darmonlarni chet eldan olib kelishlari mumkin. Dorini dorixonada retseptsiz sotib olish mumkin emas. Dori-darmonlarni xorijiy internet-saytlarida yoki ijtimoiy tarmoqlarda, qo‘ldan sotib olish - taqiqlanadi.
Ya’ni, aga odamda sug‘urta bo‘lmasa - va bu 40 million amerikalik - kasal bo‘lib qolsa, u kafka (be’manilik) holatiga tushib qoladi. Dorixonada u paratsetamoldan boshqa hech narsa sotib ololmaydi. O‘sha antibiotikni olish uchun unga shifokorning retsepti zarur. Sug‘urtasiz shifokorga murojaat qilish uchun katta mablag‘ talab etiladi. Unda esa pul yo‘q, aks holda u sug‘urta sotib olgan bo‘lar edi.
Biroq, sug‘urta ko‘pincha dori narxining faqat bir qismini qoplaydi. Shu sababli, amerikalik bemorlarning uchdan bir qismi retsept bo‘yicha dori-darmonlarni umuman sotib olmaslikka harakat qilishadi.
Amerikaliklar dori-darmon inqirozi bilan bozorning ko‘rinmas qo‘liga qarzdor bo‘lib qolgan. Bu qo‘l hukumatning hech qanday aralashuvisiz muntazam ravishda cho‘ntaklarni bo‘shatadi. Davlatda shunchaki dori-darmon narxlarini tartibga soladigan biron bir davlat tuzilmasi yo‘q.
AQShda dori-darmon ishlab chiqarilishini nazariy jihatdan nazorat qilishi kerak bo‘lgan yagona federal idora - Oziq-ovqat va dori darmonlar sifatini sanitariya nazorati bo‘yicha boshqarmasi (Food and Drug Administration). Ammo farmkompaniyalar FDA bilan muammoni muvaffaqiyatli hal qilib kelishgan: g‘alati tasodif bilan, butun hayoti davomida eng yirik farmkompaniyalarda ishlagan odamlar doimo boshqarma rahbarligiga tayinlanadi.
Biroq, hatto FDA dori-darmon narxlarini nazorat qilish huquqiga ega emas. Bozorda hukm surayotgan adolatsizlik shu qadar ayon bo‘lganidan bu yil AQSh Kongressi farmkompaniyalari faoliyatini tekshirishga majbur bo‘ldi.
Biroq, tergov juda tirishqoqliksiz olib borilmoqda. “Big Farma”ning amerikalik tanqidchilari ta’kidlashicha, soha vakillari har yili siyosatchilarga pora berish, o‘z nomzodlarini oldinga surish va o‘z manfaatlariga erishish yo‘lida hukumat bilan yashirin muloqotlar uchun yuz million dollar sarflaydi. Bundan tashqari, ularning manfaatlari ikkala hukmron partiyalar - Demokratlar, Respublikachilar vakillari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanadi.
Faqat ikki nafar siyosatchi farmkompaniyalarining ustunligiga qarshi qandaydir yo‘l bilan kurashishga urindi: bu demokrat Berni Sanders va respublikachi Donald Tramp. Ikkalasi ham o‘z partiyadoshlari e’tiboridan chetlashib qolgan kishi bo‘lib qolishdi. Ehtimol, qandaydir biznes-manfaatlar siyosiy isteblishment va farmatsevtlarni bir-biriga bog‘lamoqda.
Mish-mishlarga ko‘ra, har bir yirik OAVlarning direktorlar kengashida yirik farmkonsernining kamida bitta vakili o‘tiradi. Shuning uchun jurnalistlar farmatsevtlarning barcha qilmishlariga ko‘z yumishga majbur. Ehtimol, bu shunchaki mish-mishlardir, biroq so‘nggi yillarda Amerikaning yirik nashrlarida “Big Farm” haqida fosh qiluvchi bironta yirik materiallar paydo bo‘lmadi. Garchi vaziyat allaqachon qaynash darajasiga etdi.
Ammo qanday bo‘lmasin, haqiqatda bugungi kunda oddiy amerikaliklar deyarli hayot uchun muhim bo‘lgan dori-darmonlardan foydalanish huquqidan mahrum bo‘lgan. Prezident Tramp bu korrupsiyalashgan tizimni buzishga harakat qildi. Mubolag‘asiz, uning to‘rtta tarixiy farmoni dorixonalarga nisbatan arzon Kanadada ishlab chiqarilgan dorilarni sotib olishga ruxsat berdi, insulin narxini chegaraladi, Medicare’ni ishlab chiqaruvchilardan xorijiy rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi narxlarda sotib olishga majbur qildi va dori-darmonlarni xarid qilishda “otkat” olishlarni taqiqladi.
Farmonlar iyul oyida imzolandi va farmkompaniyalarning odil g‘azabini qo‘zg‘atdi. Noyabr saylovlardagi ko‘plab firibgarliklar sababli Tramp yutqazish arafasida turibdi. Buning uchun u aynan o‘zining mag‘lubiyatida millionlab mablag‘ kiritgan farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarini ayblamoqda. Dekabr oyida farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari prezident administratsiyasi ustidan iyul farmonlari yuzasidan sudga murojaat qilishdi. Ular g‘alaba qozonishi ehtimoli katta.
Endi, agar Tramp ketsa, amerikaliklarni hech narsa qutqara olmaydi - mamlakatda dori-darmonlar batamom zeb-ziynat buyumiga aylanadi. Koronavirusga qarshi vaksina haqida nima aytish mumkin?
Ajablanarlisi shundaki, AQSh hukumati Rossiya tomonidan taklif qilingan "Sputnik-V"ni qat’iyan rad etdi. Amerikalik soliq to‘lovchilarining pullari evaziga yaratgan o‘z vaksinalarini mahalliy farmkompaniyalari endi soliq to‘lovchilarini "faqat mahalliy mahsulotlar”ni sotib olishga majbur qilishlari kerak. Hozircha bu vaksinaning narxi qancha bo‘lishi noma’lum. AQSh hukumatida bu narxga qandaydir ta’sir ko‘rsatishga na imkon, na istak yo‘qligi faqatgina ma’lum.