To‘rtko‘lda 79 yoshli ayol va uning nabirasini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxs hibsga olindi

To‘rtko‘l tumanida o‘g‘rilikka ushgan uyda 79 yoshli ayol va uning nabirasini pichoqlab o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida ayol kishi va uning yosh nabirasi o‘ldirib ketilgani haqidagi xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Toshkentlik erkak haqorat tufayli ikki kishini pichoqladi

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi ochgan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida ishsiz 29 yoshli J.S. 29-noyabr kuni o‘g‘irlik qilish maqsadida kirgan xonadonda yashayotgan 79 yoshli ayol va uning nabirasini oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirib, pul va 2 dona uyali telefon apparatini olib ketgani aniqlangan.

Tergovda fuqaro J.S. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.