Mixail Gorbachovning holidan qarindoshlari xabar olmay qo‘yishdi

SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachovning holidan oila a’zolari xabar olmay qo‘yishdi. Gorbachov davlat tomonidan umrbod berilgan xizmat uyida yolg‘iz yashamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachovning holidan  oila a’zolari xabar olmay qo‘yishdi. Ayni vaqtda  siyosatchining eng yaqin odami uning yordamchisi bo‘lib qolgan. Vitaliy Manskiyning "Gorbachov. Jannat" filmini ko‘rganidan so‘ng "MK" jurnalistlari bunday xulosalarga kelishdi.

SSSR saqlab qolinganda, bugun dunyo qanday bo‘lar edi – Gorbachov javobi

Gorbachov davlat tomonidan umrbod berilgan xizmat uyida yolg‘iz yashamoqda. Bino qo‘riqlanadi, baland panjara bilan o‘ralgan.

Filmda SSSR sobiq prezidenti nabiralari endi uni ko‘rish uchun kelmayotganini tan oldi. Uning o‘zi o‘rnidan arang qo‘zg‘aladi va maxsus moslama yordamida harakat qiladi.

Ikkinchi qavatga chiqish uchun liftdan foydalanadi.

Gorbachovning qizi va ikki nabirasi Germaniyada yashaydi va Rossiyaga kelmaydi, siyosatchining o‘zi esa xorij safariga bora olmaydi.