Mehnat migrantlari qanday qilib arzon chiptalar sotib olishmoqda

Yon qo‘shning - jon qo‘shning yoki mehnat migrantlari qo‘shni davlatlar orqali uylariga qaytishmoqda, sabab - chiptalar arzonligida.
Sputnik

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Ma’lumki, pandemiya tufayli kiritilgan karantin cheklovlari va chegaralar yopilishi tufayli MDH shaharlari o‘rtasida parvozlarning aksariyati bekor qilindi.

Ushbu vaziyat Rossiyada ishlaydigan migrantlar uchun ham katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. O‘z ish mavsumini yakunlab uyiga qaytishni istaydigan fuqarolar bu yil aviachiptalarni o‘tgan yillarga nisbatan 2-3 baravar qimmatroqqa sotib olishga majbur bo‘lishmoqda.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga avia-reyslar sonini oshirmoqda

Masalan, 2019-yilda Moskva – O‘sh chiptalari 7-8 ming rubldan sotilgan bo‘lsa, 2020-yilning dekabrida 15 minggacha ko‘tarilgan.

Moskva – Samarqand yo‘nalishida ekonom klass aviachiptalar 2019-yilda 10-12 ming rublga sotib olish mumkin edi. Bugungi kunda esa ularning narxi 30-32 ming rublga ko‘tarilgan.

Moskva – Dushanbe yo‘nalishidagi chiptalar odatda 13-14 ming atrofida sotilgan. Ayni damda esa ushbu chiptalar narxi - 37 200 rublga chiqqan.

Albatta, narxlar oshishiga o‘ziga yarasha iqtisodiy sabablar ham bor. Rossiyaga O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari kirishi cheklangani tufayli aviaparvozlar bir yo‘nalishga bo‘sh uchishga majbur.

Yo‘nalish2019 dek2020 dekO‘sish %Aviakompaniya
Moskva – O‘sh800015000188 %Aeroflot, S7, Ural
Moskva - Samarqand1200030000250 %Uzbekistan Airways
Moskva - Dushanbe1400037000264 %Somon Air, Tajik Air

Lekin mehnat migrantlari ushbu vaziyatda ham arzonroq chipta sotib olish imkonini topishmoqda. Xususan, O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida, Tojikistonning Xo‘jand shahri atrofida istiqomat qiladigan fuqarolar “Moskva – O‘sh” chiptalarini sotib olib, Qirg‘iziston orqali uchib ketishmoqda.

“Narxlar osmonga uchdi”: Markaziy Osiyo mamlakatlariga aviachipta narxi qanday o‘zgardi

Tojikiston fuqarolari esa O‘zbekistonning Samarqand yoki Termiz shaharlari orqali uchib ketishmoqda. Ular uchun qo‘shimcha 2000 rubl evaziga o‘zbek-tojik chegaragacha transfer tashkil qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kundya barcha aviakompaniyalar yo‘lovchilarni samolyotga chiqarish uchun koronavirusga chalinmagani haqida PZR ma’lumotnoma talab qilishmoqda. Ma’lumotnoma parvozdan 72 soatdan uzoq bo‘lmagan vaqt davomida olingan bo‘lishi kerak.