Chechenistonda fransuz o‘qituvchisini o‘ldirgan qotilning dafn marosimi qanday o‘tkazildi

Checheniston prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Xeda Saratova Fransiyada o‘qituvchini o‘ldirgan qotilning dafn marosimi haqida so‘zlab berdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Fransiyada o‘qituvchini boshidan judo qilgan Abdulax Anzorovning qarindoshlari uning jasadini Chechenistonga olib kelishdi va Shalaji qishloq qabristonida dafn etishdi. Bu haqda Checheniston prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Xeda Saratova RIA Novostiga so‘zlab berdi.

Nurmagomedov musulmonlar haqida aytgan so‘zlari uchun Makronni haqorat qildi

"Yigit dafn marosimiga oid barcha islom qoidalariga rioya qilgan holda Shalajidagi qishloq qabristonida dafn etildi. Unda qarindoshlar va tanishlar ishtirok etdi" - dedi u. Faqat marosim qachon bo‘lganiniga aniqlik kiritmadi.

Huquq faolining so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchining qotilligi jinoyati ortida "ma’lum kuchlar yoki qandaydir maxsus xizmatlar" turgan.

"Barcha sodir bo‘layotgan narsalarda maxsus xizmatlar, va ehtimol, "islom terrorizmi" va hokazolarni aytgan, dinni terrorizm bilan bog‘lagan OAVlar aybdor, va sodir bo‘layotganning sabablarini Fransiya ichida izlash kerak. Qaysi dinga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, odamlarning diniy his-tuyg‘ulariga tegish mumkin emas. Mamlakatimizda din davlat tomonidan himoya qilinadi va hech kim haqoratni so‘z erkinligi deb hisoblamaydi. Bu so‘z erkinligi emas", - dedi Saratova.

Bundan avval ayrim OAVlar tarix o‘qituvchisi qotili Chechenistonda "sharaf bilan" dafn etilgani haqida xabar tarqatishdi.

Qotillik 16-oktabr kuni Parij yaqinidagi Konflans-Sent-Onorin kommunasida sodir bo‘lgan. Qotillikni o‘qituvchining so‘z erkinligi darslarida payg‘ambar Muhammad (s.a.v) karikaturalarini namoyish etganligi bilan bog‘lashmoqda. Hujum qilgan kishi politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u 2002-yilda Moskvada tug‘ilgan, kelib chiqishi chechenistonlik bo‘lgan, Fransiyada qochqin maqomini olgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Anzorovning Chechenistondagi dafn marosimi haqidagi xabarlarning qanchalik ishonchli ekanligini bilmasligini aytdi. Shu bilan birga, u o‘qituvchini o‘ldirish - bu qoralash va rad etilishi kerak bo‘lgan terroristik harakat ekanligini ta’kidladi.