TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artom Novikov O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi yig‘ilishda ishtirok etadi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Artom Novikov Qirg‘izistonning Batken va O‘sh viloyatlariga xizmat safari bilan tashrif buyuradi.
“Shuningdek, xizmat safari doirasida bosh vazir vazifasini bajaruvchi joriy yilning 8-dekabrida O‘zbekistonning Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan Qirg‘iziston hukumatining chegaraoldidagi mutasaddi vakillari kengashi va O‘zbekistonning chegaraoldidagi hokimlari yig‘ilishida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artom Novikov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.