Tramp demokratlar AQShni kommunizmga keltirishni xohlaydi deb hisoblaydi

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, saylovchilar ularning farzandlari sotsialistik yoki ozod mamlakatda ulg‘ayishini hal qilishadi.
Sputnik

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp agar demokratlar Senatda aksariyat o‘rinlarga ega chiqsa, mamlakatni kommunizm yo‘lidan olib borishga urinishadi degan fikrni bildirdi.

Tramp janjal bilan ketmoqda. AQSh Eronga zarba beradimi?

“Jorjiya saylovchilari farzandlarimiz sotsializm yoki ozod mamlakatda yashashlarini belgilab berishadi”, - dedi u Jorjiyada tarafdorlari oldida chiqish qilayotib.

“Bu insonlar kommunistik boshqaruv shakliga o‘tishni xohlashmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Tramp demokratlarni nazarda tutgan holda.

5 yanvar kuni Jorjiyada mamlamkat qonunchilik organining yuqori palatasiga ikkinchi bosqich saylovlari bo‘lib o‘tadi. Shtatda Senat ustidan nazorat respublikachilar yoki demokratlar qo‘liga o‘tishini hal qiluvchi ikkita mandat bor.