O‘zbekistonda chaqaloq savdosi avj olishining 3ta asosiy sababi sanab o‘tildi

Uch yillik holatlar tahlili shuni ko‘rsatganki, o‘z chaqalog‘ini sotgan ayollarning 31%i og‘ir ijtimoiy ahvolda ekanligi sababli ushbu jinoyatga qo‘l urgan. Ayollarning 17%i shu ish orqali homilasini yashirmoqchi bo‘lgan, 52 %i esa bu ishni moddiy manfaat ko‘zlab, amalga oshirgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda chaqaloq savdosidan 114ta bola jabr ko‘rgan. Bu haqda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy Komissiya raisi Tanzila Narbayeva olib borgan ushbu majlisda respublikada chaqaloq savdosining oldini olish, uning kelib chiqish sabablari, omillari va mavjud muammolar muhokama qilindi.

Xususan, Norboyevaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda chaqaloq savdosidan 114ta bola jabr ko‘rgan bo‘lsa, ularning 89%i 1 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

Majlisda onalar nima sababdan ushbu mudhish jinoyatga qo‘l urishlari sabablari ham aytib o‘tildi.

2027-2020 yillardagi holatlar tahlili shuni ko‘rsatganki, o‘z chaqalog‘ini sotgan ayollarning 31%i og‘ir ijtimoiy ahvolda ekanligi sababli ushbu jinoyatga qo‘l urgan.

Ayollarning 17%i shu ish orqali homilasini yashirmoqchi bo‘lgan, 52 %i esa bu ishni moddiy manfaat ko‘zlab, amalga oshirgan.