Uxanlik virusolog koronavirusning yangi turlari haqida gapirdi

Koronavirus tarqalgan hududning "yuragidan" bo‘lgan xitoylik ekspert-virusolog o‘z o‘rganishlari davomida kashf qilgan holatlar haqida gapirdi
Sputnik

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Xitoy hududida koronavirusga ega ko‘pshapalaklarning bir qancha turi mavjud, deb xabar qildi Uxan virusologiya instituti mutaxassisi Shi Chjenli. Uning so‘zlaridan Guardian iqtibos keltirmoqda.

Pekinda topilgan virus Uxandagidan ko‘ra yuqumliroq - mutaxassis

Virusolog koronavirusning yangi turlari mamlakatning janubiy va janubi-g‘arbiy qismlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganini qo‘shimcha qildi.

Ekspert shuningdek, koronavirusli ko‘rshapalaklar Xitoy chegarasidan tashqarida, xususan, Janubiy Osiyoda ham mavjud, deya hisoblaydi.

Chjenli COVID-19 virusi ko‘rshapalakdan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqmaganini, o‘rtadagi tashuvchini aniqlashtirish kerakligiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, o‘tgan yilning oxirida topilguniga qadar, virusning hayvonlar yoki odamlar orasida qancha vaqt sirkulyatsiya qilganligi haqidagi savol ham noma’lumligicha qolmoqda.