TOShKENT, 3 dek — Sputnik. 3 dekabr kuni Shuhrat Jalilov va uning o‘g‘li Amal Jalilov Toshkentga uchib keldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Ular agentlik vakillari tomonidan kutib olinib, doimiy yashash joyiga kuzatib qo‘yilgan.
Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi, mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida ularni vatanga qaytarish bilan bog‘liq barcha huquqiy va tashkiliy masalalar hal etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 1974-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Shuhrat Jalilov uzoq yillardan buyon Rossiyada ishlab kelgan. Uning Ukraina fuqarosi bo‘lgan ayoldan 2013-yilda farzandi tug‘ilgan. 2020-yil avgust oyida bolaning onasi vafot etgan.