Shavkat Mirziyoyev Putin bilan bo‘lajak muloqot kun tartibini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti administratsiyasi vakili bilan Vladimir Putin bilan bo‘lajak muloqot kun tartibini muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 2 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mirziyoyev va Putin MDH sammitini muhokama qilishdi

O‘zbekiston prezidenti O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali hamkorligi keyingi yillarda jadal sur’at bilan rivojlanayotgani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Dmitriy Kozak O‘zbekiston prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi va Vladimir Putin bilan rejalashtirilayotgan uchrashuv kun tartibini muhokama qildi. 

"Uchrashuvda bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu tadbirlar kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitishga alohida e’tibor qaratildi", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari tomonlar xalqaro siyosatning ayrim jihatlari yuzasidan ham fikr almashishdi.

Eslatib o‘tamiz, 30 norabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan telefon muloqotida koronavirusga qarshi kurash, dekabrda kutilayotgan MDH rahbarlari sammiti, hamda ikki tomonlama hamkorlik va yuqori darajadagi tadbirlar masalalarini muhokama qilgan edi. 

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan bo‘lajak muloqot kun tartibini muhokama qildi