TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Ozarbayjonlik model Emiliya Gamidova Moskvada bo‘lib o‘tgan "Miss Universe-2020" xalqaro go‘zallik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi Sputnik Ozarbayjon. Emiliya “Miss Yevropa” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Loyihada turli davlatlardan kelgan ayollar ishtirok etishdi. G‘oliblar SMS orqali ovoz berish va hakamlar hay’ati tomonidan aniqlandi. Taqdirlash marosimi Vegas City Hall da o‘tgan yillar ishtirokchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Gamidova Bokuda tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘zi daromad topishni orzu qilar edi va u bunga erishdi. 14 yoshidan boshlab Gamidova model biznesida ish boshladi, ko‘plab loyihalarda qatnashdi.
Ayni vaqtda Emiliya Moskva davlat madaniyat instituti aktorlik fakultetining 4-kurs talabasi. Moda biznesidan tashqari Gamidova Rossiya seriallari va filmlarida ham rol o‘ynagan.