Genom bo‘yicha ro‘yxatga olish: O‘zbekistonga bu yangi qonun nega kerak bo‘ldi?

Genom axborotidan jinoyatlarning oldini olish, fosh etish va ularni sodir etganlarning shaxsini aniqlash; bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qidirish; noma’lum murdalarning shaxsini aniqlash; shaxsning biologik qarindoshligini aniqlash maqsadlarida foydalaniladi
Sputnik

TOShKENT, 2 dek - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi majlisida "Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ma’qullanib, 2020-yil 24-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolandi.

Qonun 5 ta bob va 35 ta moddadan iborat bo‘lib, qonunning maqsadi genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi munosabatlarni qonuniy tartibga solish, vazifalari esa biologik materialni olish, qayd etish, undan foydalanish, genom axborotiga ishlov berish, genom axborotini yagona ma’lumotlar bazasini yaratish va inson shaxsini identifikatsiya qilishdan iborat, deb xabar beradi Tergov departamenti.

 

 

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi

birinchi bosqichda tegishli shaxslardan biologik material olinadi, bunda genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxslarga biologik materialni tanlab olish asosi va tartibi tushuntiriladi;

ikkinchi bosqichda biologik materialdan genom axboroti olinadi. Genom axborotini olishda ixtisoslashtirilgan avtomatik priborlar qo‘llaniladi;

uchinchi bosqichda genom axboroti yagona axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Shaxsni identifikatsiyasi uchun yagona axborotlar bazasida avtomatik qidiruv tizimi yordamida genom axborotini qayd etish yuritiladi.

Yo‘ldoshev: 2-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln so‘mdan oshdi

Ro‘yxatga olinish: kimlar majbur, kimlar yo‘q

Qonunga muvofiq, Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish majburiy va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi

 Majburiy ravishda quyidagilar ro‘yxatga olinadi:

- og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan shaxslar, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun, shuningdek jinsiy erkinlikka qarshi, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish va 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir qilish jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar;

- noma’lum shaxslarning tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud jarayonida olingan biologik materiallar;

- tanib olinmagan murdalar (tana qoldiqlari, qismlari);

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni olib boruvchi organlar va sudlarning so‘roviga asosan majburiy ro‘yxatga olinayotgan shaxslarning genom axboroti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi o‘tkazish orqali olinadi hamda yakunda ma’lumotlar bazasiga Ichki ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi.

Chirchiqda IIB xodimini urgan qoidabuzar fuqaroga qarshi jinoyat ishi ochildi

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida ekspertiza tadqiqotlari uchun namunalar olish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etishga majbur.

Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan yoki vaqtincha yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yozma arizalari asosida, pullik asosda amalga oshiriladi. Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish amalga oshirilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib va miqdorlarda haq undiriladi.

E’tiborli tomoni shundaki, bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirishga ko‘maklashish maqsadida ularning biologik qarindoshlari bepul asosda genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olishdan o‘tishi mumkin.

Genom axborotidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

Jinoyatlarning oldini olish, fosh etish va ularni sodir etganlarning shaxsini aniqlash; bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qidirish; noma’lum murdalarning shaxsini aniqlash; shaxsning biologik qarindoshligini aniqlash.

Qonun 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Shuningdek, ushbu qonunning hayotga tatbiq etilishi quyidagi natijalarga erishilishini ta’minlaydi:

Andijonda 65 yashar erkak voyaga yetmagan majruh qo‘shnisini muntazam zo‘rlab kelgan

birinchidan – genom axboroti ma’lumotlar bazasidan foydalanish respublika hududida sodir etilgan jinoyatlarni biologik ashyoviy dalillar bo‘yicha fosh etishda va qilmish uchun jazo muqarrarligini ta’minlashda ijobiy natija beradi;

ikkinchidan – genom axborotining yagona ma’lumotlar bazasini yaratilishi tanib olinmagan murdalar (tana qoldiqlari)ni shaxsini aniqlash hamda bedarak yo‘qolgan shaxslar (ularning yaqin qarindoshlari)  bilan identifikatsiya qilish imkoniyatini yaratadi;

uchinchidan – sud-tergov organlarining isbotlov bazasini mustahkamlaydi, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni, shuningdek jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning genom axboroti ma’lumotlar bazasini yuritish orqali ular tomonidan ushbu turdagi jinoyatlarni takroran sodir etilishini oldini oladi;

to‘rtinchidan – xizmat faoliyatida genom axborotiga ishlov berish, undan foydalanish, uni blokirovka qilish, uni yo‘q qilib tashlash, shaxsini ko‘rsatmaslik va uni saqlash bilan shug‘ullanadigan shaxslarning qonun darajasidagi mas’uliyatini belgilashga olib keladi.