Qozog‘iston O‘zbekiston sabzavotlarida ToBRFV virusi bor yoki yo‘qligini tekshiradi

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistondan keltirilayotgan sabzavotlarni ularda jigarrang burushiqlik virus (ToBRFV) bor yoki yo‘qligini tekshiradi.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistondan keltirilayotgan sabzavotlarni ularda jigarrang burushiqlik virus (ToBRFV) bor yoki yo‘qligini tekshiradi. Bu haqda vazirlik Sputnik Qozog‘iston nashriga ma’lum qildi.

Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish ta’qiqlandi

Vazirlik matbuot xizmati 26-noyabr kuni Rossiya Farg‘onada yetishtirilgan pomidor va qalampirda ToBRFV aniqlanganligi sababli ushbu mahsulotlarni vaqtinchalik taqiqlaganini qayd etgan.

“Hozir respublika issiqxona xo‘jaligi uchun bo‘lgan ehtimoliy tahdid va xatarlar haqidagi hozirgi vaziyatni tahlil qilmoqdamiz. Tahlil yakunlariga ko‘ra tegishli qaror qabul qilinadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish taqiqlangani xabar qilingan edi. Chunki ularda jigarrang burushiqlik virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) aniqlangani aytilmoqda.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hozirgi vaqtda O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bilan birgalikda Rosselxoznadzor bilan mazkur masala bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, shu kabi viruslar paydo bo‘lishining oldini olish bo‘yicha tezkor ravishda chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilmoqda.