MQKQ uch viloyat IIB va hokimliklariga qarshi ish ochdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi paxta chigitini boshqa viloyatlarga olib chiqishni taqiqlagan hokimliklarga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ayrim hududlardagi IIBlarga paxta chigitining boshqa viloyatlarga olib chiqilishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilganini o‘rganib chiqdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, birja savdolarida respublikaning barcha hududlaridagi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ushbu chigit mahsulotini sotib olishlari mumkinligi qonunchilik bilan belgilangan bo‘lsada, hokimliklar chigitni faqatgina ushbu hududdagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotib olinishi va ushbu hududdan olib chiqib ketmasdan ishlatishi bo‘yicha ko‘rsatma berilmoqda.

Qo‘mita O‘zbekiston “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 8-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishi hamda o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekanligi, 34-moddasiga asosan davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emasligi ko‘rsatilganini eslatgan.

Paxta mavsumida 158 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi

Ta’kidlanishicha, davlat organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga bitimlar tuzish bo‘yicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ko‘rsatmalar va boshqa farmoyishlar berish taqiqlanadi.

Fuqarolik kodeksning 354-moddasiga asosan fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin, shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi.

MQKQ “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ning 178-moddasiga asosan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilishi holati bo‘yicha tegishli javobgarlik choralari belgilangani qayd etgan.

“Bugungi kunda Qo‘mita tomonidan Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyat hokimliklari hamda ushbu viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalariga nisbatan tegishli ish qo‘zg‘atdi”, - deyilgan xabarda.

Tadbirkorlardan shunga o‘xshash muammoga duch kelgan taqdirda qo‘mitaga murojaat qilishlari so‘ralgan.