Dunyo COVID-19 pandemiyasi ustidan qachon g‘alaba qozonadi - SSV rahbari fikri

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev dunyo koronavirus pandemiyasi ustidan g‘alaba qozonilgani haqida qachon gapirishni boshlashi borasida fikr bildirdi.
Sputnik

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yaqin 30-40 yil ichida bunday keng ko‘lamli pandemiya bo‘lmaganini hisobga olgan holda o‘zini hurmat qiluvchi hech bir kishi bu savolga aniq javob berishni zimmasiga olmaydi.

RFA prezidenti koronavirus ustidan g‘alaba qozonish omilini aytdi

Olimlar va JSST mutaxassislari fikriga ko‘ra, 2021 oxiriga qadar har holda koronavirus holatlari aniqlanib turadi. Lekin pandemiya jarayoni sekinlashib borishiga umid qilinmoqda.

“Aytaylik, 2021-yilning birinchi choragida ommaviy emlashni boshlaydigan mamlakatlar bor deb o‘ylamayman. Hoynahoy bu 2021-yilning ikkinchi yarmida bo‘ladi. Ommaviy emlash boshlanishi bilan esa biz dunyo tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich buning ustidan g‘alabaga erishamiz”, - dedi SSV rahbari Sputnik muxbiri bilan suhbatda.