Afg‘onistondagi portlash oqibatida o‘ttizga yaqin kishi qurbon bo‘ldi

Minalashtirilgan avtomobil xudkush terrorchi bilan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bataloni oldida portlab ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Afg‘onistonning G‘azni shahrida portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor. Bu haqda “Ariana News” agentligi xabar qilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 19 kishi esa jarohat olgan. Guvohlar harbiylar va jangarilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar haqida ma’lum qilishmoqda.

​Minalashtirilgan avtomobil xudkush terrorchi bilan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bataloni oldida portlab ketgan. Mahalliy kasalxona rahbari barcha barcha jabrlanganlar harbiy xizmatchilar ekanligini tasdiqlagan.

Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi universitet oldida otishma sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.