O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasi qachon paydo bo‘ladi?

O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari COVID-19 koronavirusiga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari COVID-19 koronavirusiga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. 2020-yil oxirigacha ushbu preparat respublikada qo‘llanilishi ehtimoldan yiroq, dedi juma kuni mamlakat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakili RIA Novosti’ga.

Vaksina koronavirusni to‘xtata olmaydi - BSST

Sentabr oyida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi O‘zbekiston farmatsevtika kompaniyasi Laxisam bilan 2020-2021 yillarda O‘zbekistonga 35 million dozagacha “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida kelishib olganini e’lon qildi.

Keyinchalik, Laxisam vakili RIA Novosti’ga respublikaning nazorat qiluvchi organlari bilan ishlar olib borilayotganiga aniqlik kiritdi. Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 5 ming doza “Sputnik V” preparatiga buyurtma berganini ma’lum qildi.

“Bu masala hali ko‘rib chiqilmoqda, ehtimol yil oxirigacha amalga oshmasa kerak. Texnik jihatdan imkonsiz, vaqt qolmadi", - dedi agentlik vakili.

RIA Novosti suhbatdoshi ta’kidlashicha, O‘zbekistonda Rossiya vaksinalarini qo‘llash masalasi ikki tomonlama ko‘rib chiqilmoqda. "Muzokaralar olib borilmoqda, “to‘p” Rossiya tomonida", - deb qo‘shimcha qildi u.

Bundan ilgariroq, agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov 2021-yil iyungacha respublika aholisining 60 foizigacha COVID-19'ga qarshi emlashni rejalashtirayotganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rospotrebnadzor o‘z veb-saytida O‘zbekiston “Vektor” markazi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 vaksinasini qo‘shma sinovlarga qiziqish bildirganligini xabar qildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni Xitoy Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical vaksinasini sinovlarining uchinchi, yakuniy bosqichini o‘tkazishni rejalashtirgan.