Katta janjal: dafn burosi ishchisi Maradona jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushdi

Argentinada dafn marosim xizmati xodimlari Diyego Maradona jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushishdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Argentinada dafn marosim xizmati xodimlari Diyego Maradona jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushishdi, bu esa katta janjalga sabab bo‘ldi, deb xabar qildi TN nashri.

Nashr qilingan suratlarning birida, buro xodimi qo‘lini Maradonaning peshonasiga qo‘yib, bosh barmog‘ini tepaga (zo‘r) ishorasini ko‘rsatib suratga tushgan.

Dafn marosimi burosi xodimlarining xatti-harakatlari Argentina jamiyatining g‘azabiga sabab bo‘ldi, ko‘pchilik ularni jazolashni talab qilmoqda.

Buro rahbari xodimlardan biri ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berdi va futbolchining oilasidan kechirim so‘radi.

Kuni kecha Buenos-Ayresda 60 yoshida odamdan ko‘z yumgan jahon futboli afsonasi Diyego Maradonaning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.

Diyego Maradonani so‘nggi marta 30-oktabrda omma orasida ko‘rishgan. U Argentina chempionatining 1-turi "Ximnasiya va Esgrima" va "Patronato" (3:0) o‘rtasida kechgan, o‘zining 60-yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvida ko‘rinish bergan.

Uchrashuv oldidan Maradonaga esdalik taxtachasi topshirilgan. Diyego matchni oxirigacha tomosha qilmagan, o‘zini yomon his qilayotganini aytib, ketgan. Maradonaning sog‘ayishi alkogolizm va narkomaniya oqibatlari tufayli qiyinlashgan edi.