Ismatulla Irgashev Rossiya elchisi bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Turdenev bilan uchrashdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Bugun, 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Turdenev bilan uchrashdi.

O‘zbekiston - Afg‘oniston - AQSh formatidagi muloqot kuchaytirilishi kutilmoqda

Suhbat davomida Afg‘oniston inqirozini hal etish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya sa’y-harakatlari, Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, Doha shahrida Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralarining borishi va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar, shuningdek, qo‘shni mamlakatda tinchlikni targ‘ib qilishda yana bir muhim qadam sanalgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT qoshida Afg‘oniston bo‘yicha doimiy qo‘mita tuzish to‘g‘risidagi tashabbusini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.