IShID tomonidan Markaziy Osiyoga tahdidlar bo‘rttirilgan - Bagdasarov

“Tolibon” va Afg‘oniston hukumati ID tarqalishiga qarshi, chunki uning g‘oyalari hukumat asosiy konsepsiyasi va afg‘on islomiga mos kelmaydi.
Sputnik

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlarini o‘rganish Markazi direktori Semon Bagdasarovning fikriga ko‘ra, Afg‘on mojarosini hal qilish uchun uning iqtisodiy muammolarini hal qilish va narkotraffikni cheklash yo‘lini topish kerak.

Biroz oldin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva Afg‘onistonda vaziyat yomonlashayotganidan xavotirdi ekanini va “Islomiy davlat” jangarilari mamlakat sharqida to‘planayotganidan xavotirda ekanini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston - Afg‘oniston - AQSh formatidagi muloqot kuchaytirilishi kutilmoqda

Bagdasarov aytishiga qaraganda, “Tolibon” va Afg‘oniston hukumati ID tarqalishiga qarshi, chunki uning g‘oyalari hukumat asosiy konsepsiyasi va afg‘on islomiga mos kelmaydi.

“Ushbu guruhlarda o‘zi qancha jangari bor? 5 000 dan ko‘p emas. Markaziy Osiyo davlatlari armiyalarining har birida kamida 60 ming yoki undan askar bor, boshqa kuch ishlatish tizimlari bilan birga hisoblaganda” – deydi ekspert.

Bugungi kunda Afg‘oniston turli terrorchi guruhlar jamlanib, boshqa davlatlarga bosqinchilik hujumi uyushtirishi mumkin bo‘lgan hududga aylanib qolmoqda.

“Biz (Rossiya) afg‘on mojarosini hal qilishda ishtirok etishni istaymizmi? Agar Markaziy Osiyo davlatlari birortasi bizdan bu borada yordam so‘rasa, biz ularga – bundan bizga qanday naf? Nafaqat harbiy bazalar joylashtirish, balkim narkotraffikka qarshi kurash, iqtsodiy yuutqlar bo‘ladimi? – dedi spiker.

Semon Bagdasarovning to‘liq xulosasi bilan Sputnik podkastida tanishing.

IShID tomonidan Markaziy Osiyoga tahdidlar bo‘rttirilgan - Bagdasarov