Janubiy Koreya Markaziy Osiyo davlatlaridan KXDR masalasida yordam so‘ramoqda

Tashqi ishlar vaziri Kan Kon Va Markaziy Osiyo davlatlarini Janubiy Koreyaning yarim orolda barqaror tinchlik o‘rnatish istaklarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Sputnik

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Kan Kon Va Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan Janubiy Koreyaning yarim orolda barqaror tinchlik o‘rnatish istaklarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi, deb yozadi Yonhap.

Kim Chen In singlisi KXDR rahbari bo‘lishga tayyorlanmoqda

Bu bayonot “Koreya - Markaziy Osiyo 13-hamkorlik forumida aytildi. Forum 2007-yilda iqtisodiy, madaniy, ta’lim va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash uchun boshlangan muloqot platformasi hisoblanadi.

Janubiy Koreya TIV rahbari KXDR bilan tinchlik o‘rnatish "bu butun Yevroosiyo qit’asida tinchlik va umumiy farovonlik sari yo‘l" ekanligini ta’kidladi.

"Garchi yarimorol atrofida turli noaniqliklar mavjud bo‘lsa-da, biz oldinga qadam qo‘yish uchun muloqot bo‘yicha harakatlarimizdan voz kechmasligimiz zarur", - deb qo‘shimcha qildi u.

Bundan oldin, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 13-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun 24-27-noyabr kunlari Seul shahrida tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.

Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.