Bayden AQShni Yevropa qo‘g‘irchog‘iga aylantiradi

Yevropa Kengashi rahbari Charlz Mishel YeI nomidan Jo Baydenga "mustahkam transatlantik ittifoq"ni tiklashni taklif etdi.
Sputnik

Irina Alksnis

Agar u Oq uyga ko‘chib kirsa (voqealar rivojiga qaraganda, bu holat tobora muqarrarligi ko‘rinmoqda), bunday istakning amalga oshishi uchun yetarlicha asos bor. AQShning ehtimoliy davlat kotibi sifatida "vashington botqog‘i" va "global alyanslar himoyachisi"ning rafinadlangan mahsuli bo‘lmish - Entoni Blinken nomzodi ko‘rsatilishi o‘ziga xos ramzga ega.

Bayden o‘z prezidentligining birinchi 100 kuni haqida gapirdi

G‘arbiy Yevropa AQSh prezidenti rolida aynan Jo Baydenni ko‘rishdan shod bo‘lishi - YeI yetakchilari bir-birini ortda qoldirib Baydenni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklay boshlaganlarida, GFR esa "yana to‘rt yil Tramp bilan ishlashni istamasligini" tan olganidayoq ayon bo‘lgan edi.

Shu bilan birga, Yevropa nega Shtatlar rahbari sifatida globalistlarni - o‘sha, bir qutbli dunyoda shak-shubhasiz Vashington yetakchiligidagi holatga qaytish g‘oyasi bilan yonuvchi globalistlarni ko‘rishni afzal bilayotgani - tushunarsizdir.

Axir Ko‘xna Dunyodagi tobora faollashib borayotgan suverenlashish va okean orti suzerenidan yarim vassal tobelikdan xalos bo‘lishga intilish bir qarashda ushbu istaklarga ziddek ko‘rinadi.

Pushkov: Bayden “saylovlarni o‘g‘irlagan” prezidentiga aylanishi mumkin

Shu yerda, Yevropada o‘z davlatlarini Shtatlarga qurbonlikka keltirishga tayyor amerikaparast kuchlar qo‘li ustun kelganligini taxmin qilish mumkin edi. Ammo faktlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Misol uchun, Germaniya hukumati AQShda "Shimoliy oqim - 2"ga qarshi ishlab chiqilayotgan  eksterritorial sanksiyalarni maqbul ko‘rmasligi bo‘yicha qarashlarini navbatdagi bor tasdiqladi.

Shu tariqa, Yevropa o‘z manfaatlarini himoya qilish va o‘z geosiyosiy rolini kuchaytirish bo‘yicha liniyasini oldinga surishda davom etmoqda, biroq shu bilan birga Vashingtonda hokimiyat tepasiga qaytishi nazariyada - mutlaqo noma’qbul bo‘lgan kuchlarni qaytishini juda ishqibozlik bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ushbu g‘alati ziddiyatlar jumbog‘iga javobni to‘rt yil oldingi voqealarda izlamoq kerak.

Bayden davrida Rossiyaga "do‘zaxiy" sanksiyalar tahdid soladimi

Oq uyga kelgach, Donald Tramp AQSh ishtirokidagi ko‘plab tayyorlanayotgan va hatto imzolangan xalqaro shartnomalardan voz kechgan edi. O‘sha paytda juda salbiy obro‘ga ega bo‘lgan mashhur Transatlantik savdo va investitsiya sherikligi bitimi boshiga ham shu kunlar tushgan edi. Alarmistlar bu bitim yordamida Amerika Yevropa resurslarini o‘z foydasiga so‘rib olishi haqida ogohlantirgan edilar.

Ammo, o‘z prezidentligi yillarida har qanday imkoniyatdan o‘z davlati uchun iqtisodiy daromad olishda foydalangan Tramp, Amerika uchun bir qarashda uzoq yillar davomida "oltin tuxumlarni" qo‘yishi kerak bo‘lgan "tovuq"dan hech bir ikkilanishsiz voz kechdi. Boz ustiga, ushbu bitimlarning barchasi aslida Qo‘shma Shtatlar uchun o‘ta foydasizligini ko‘plab marotaba takrorladi.

Bayden davri: Markaziy Osiyo AQShning yangi prezidentidan nimani kutishi kerak

Biznesda katta tajribaga ega bo‘lgan zo‘r vatanparvarga ishonish mumkin, degan gumon yo‘q emas.

Bu yerda eng katta anglashilmovchilik - globalistlarda (shu jumladan, amerikalik globalistlarda ham) milliy yo‘naltirilgan manfaatlar bor, deya g‘aflatda qolish bo‘lsa kerak. Ular uchun Qo‘shma Shtatlar bosh emissiya markazi va sayyoraning eng qudratli armiyasi sifatida favqulodda muhim bo‘lishi mumkin. Ammo, aholisi 330 millionga yaqin ulkan davlat o‘z-o‘zidan bu o‘ta og‘ir yukdir, unga biron nima tikish va uning muammolarini hal qilishdan ko‘ra uni "hisobdan chiqarish" oson, axir.

Ammo globalistlarning dunyo fuqarolari sifatidagi asl manfaatlari va sentimental tuyg‘ulari butunlay boshqa joylar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xuddi o‘sha Entoni Blinken bolaligining aksariyat qismi Parijda o‘tgan va uning shaxs sifatida shakllanishiga yevropalik o‘gay otasining ta’siri kuchli bo‘lgan. Demak, uning davlat kotibi sifatida qay vaqtgacha faqatgina AQSh milliy manfaatlarini o‘ziga dasturilamal qilishi to‘g‘risida shubhalar tabiiydir.

Demokratiya Yevropani ado qilmoqda. Yevropa demokratiyani birinchi bo‘lib o‘ldiradimi?

Bunday manzarada Yevropa pozitsiyasi o‘ziga xos ma’no kasb etadi. U so‘nggi o‘n yilliklar davomida o‘z ildizidan ajralgan olis amerika davlati bilan hamkorlik o‘laroq o‘z maqsadlariga erishishga o‘rgandi - ammo shu bilan birga "ozod dunyo yetakchisi" va "yagona qudratli derjava" oldida bajarilishi shart bo‘lgan ramziy reveranslarni ham kanda qilmadi. Birgina Eron yadroviy bitimini olaylik, uni ko‘pincha Obama prezidentligining eng yirik g‘alabalaridan biri deb atashadi, ammo Yevropa Ittifoqi bu bitimdan Qo‘shma Shtatlarga nisbatan ko‘proq manfaatdor edi.

Bundan tashqari, YeI hali ham ko‘p jihatdan Shtatlarga muhtoj. Xususan, Yevropaning o‘z armiyasini - bugungi kundagi kabi kuchni imitatsiya qilguvchi emas, balki real harbiy kuchga ega armiyani yaratishga bo‘lgan kuchli chiranishlari - nojiddiy ko‘rinmoqda.

“Miya o‘limi”: Tramp Fransiya yetakchisining NATO haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

Ushbu ma’noda amerikaliklarga muqobil mavjud emas va yaqin kelajakda ko‘zda tutilmagan ham. Ammo Tramp Ko‘xna Dunyoni o‘z harbiy "soyaboni" uchun eng yuqori stavkada pul to‘lattirishga qat’iy qaror qilgan edi, "Vashington botqog‘i" bilan esa Brussel va Berlin yaxshilikcha kelishuvga erishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Qolaversa, Rossiyaga nisbatan - geosiyosiy, iqtisodiy va o‘sha, harbiy sohalarda tosh bosish uchun ham - YeI avvalgidek, kerak. Aks holda Moskva g‘arbiy yo‘nalishda juda qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lmoqda, bu esa G‘arbiy yevropa poytaxtlarini xursand qilmaydigan yangilik.

Natijada paradoksal holat yuzaga kelmoqda: Yevropa ko‘pchilik ko‘z o‘ngida AQSh uchun sarflanadigan material bo‘lib ko‘ringan bir vaqtda, aslida amerikaliklar achinishga ko‘proq loyiq, sababi, Shtatlarning Yevropa fitnasi va o‘z elitalari xoinligi qurboniga aylanish imkoniyati tobora oshib bormoqda.