O‘zbekistonning eng yirik iqtisodiy hamkorlari ma’lum bo‘ldi

Ushbu yilning 10 oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida jami import miqdori o‘tgan yilga nisbatan - 16% jami eksport miqdori esa - 7,4 %ga kamaygani qayd etildi.
Sputnik

TOShKENT, 23 noya - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi 2020-yilning yanvar - oktabr oylarida O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan savdo aylanmasi ma’lumotlarini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yirik tashqi hamkori

  1. Xitoy. Ushbu davlat bilan umumiy savdo aylanmasi 5,1 milliard dollarni tashkil qilgan. Undan eksport – 1,6 mlrd., import 3,5 mlrd. dollar.
  2. Rossiya. Umumiy savdo aylanmasi miqdori - 4,5 mlrd., bo‘lib, undan eksport – 1,2 mlrd., import - 3,3 mlrd. dollar.  
  3. Qozog‘iston. Umumiy savdo miqdori – 2,3 mlrd., undan eksport – 729,4 mln., import 1,5 mlrd. dollar. 
  4. Koreya Respublikasi – 1,8 mlrd., eksport – 38,4 mln., import 1735,1 mln. $
  5. Turkiya – 1654,8 mln., eksport – 785,8 mln., import 869,0 mln. $
  6. Qirg‘iz Respublikasi – 736,3 mln., eksport – 622,4 mln., import 113,9 mln. $
  7. Germaniya – 643,6 mln., eksport – 59,6 mln., import 584,0 mln. $
  8. Afg‘oniston – 611,4 mln., eksport – 609,5 mln., import 1,9 mln. $
  9. Chexiya – 499,1 mln., eksport – 30,8 mln., import 468,2 mln. $
  10. Tojikiston – 394,3 mln., eksport – 318,3 mln., import 76,0 mln. $

2020 yilning 10 oyida  O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 12 % kamaygani qayd etilgan. Xususan, o‘tgan yilning shu davrida umumiy savdo aylanmasi miqdori 34,3 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatgich - 30 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bunda eksport kamayishi o‘rtacha 7,4 % kuzatilgan bo‘lsa import kamayishi - 16 % kuzatilgan.