O‘quvchilarni issiq kiyimsiz tashqariga olib chiqqan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Andijonda o‘quvchilarni kurtkasiz tashqariga olib chiqqan maktab direktori va uning o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi.
Sputnik

TOShKENT, 23 noya - Sputnik. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarini kurtkasiz tashqarida turgan fotosuratlari tarqalib, ko‘pchillikning noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Ushbu vaziyat yuzasidan Andijon viloyati Xalq ta’limi bo‘limi quyidagilarni ma’lum qildi. 

1. Joriy yilning 19-noyabr kuni Andijon shahridagi 43-umumta’lim maktabiga “Yangi O‘zbekiston - Yangicha dunyoqarash” shiori ostida mamlakatimizda ko‘zga ko‘ringan ziyolilar, san’at, fan-ma’daniyat hodimlari hamda faol nuroniylardan iborat targ‘ibot guruhi tashrif buyurgan.

O‘zbekistonda 329 ta maktab o‘quvchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi

2. Targ‘ibot guruhi vakillari tashrifidan xabardor bo‘lgan o‘quvchilar (soat 11:25)da ularni kuzatish maqsadida yo‘lakka chiqishgan. O‘tkazilayotgan tadbirning fotoalbomini yaratish maqsadida mahalla faollari va maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularni rasmga olgan. Ishchi guruh rasmdagi bolalar bilan qilgan suhbatida mana shu suratga olish vaqtida 2-3 daqiqa tashqarida qolishganligi, so‘ng ustozlari tomonidan tanaffus vaqti tugamasdan (soat 11:35gacha) ularni sinf xonalariga kirishlari so‘ralganligi ta’kidlandi.

3. Ishchi guruhning rasmdagi o‘quvchilar va ota-onalar bilan suhbati jarayonida mazkur holatda farzandlarining uzoq vaqt tashqarida qolib ketmaganligi sababli e’tirozlari yo‘q ekanligini ta’kidlashdi.   

Yakuniy xulosaga ko‘ra: Har bir o‘quvchining maktabdagi vaqtidagi salomatligi va xavfsizligiga keng jamoatchilik vakillari, bloggerlardan ham ko‘proq ta’lim sohasi vakillari jon kuydirishlari zarur ekanligini hisobga olib 43-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi (D.Nasirdinov), maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (S.Ismanova)lar egallab turgan lavozimidan ozod etildi, - deyilgan xabarda. 

Yuqoridagi vaziyatdan xulosa qilgan holda, XTB ta’lim tizimining barcha rahbarlari, o‘qituvchilari va hodimlardan o‘quvchilarga o‘z farzandidek dahldorlik tuyg‘usi bilan yondoshishni, ularning sog‘liklari va xavfsizliklariga ta’sir ko‘rsatuvchi mana shunday holatlarga yo‘l qo‘ymasliklarini, so‘ragan.