Gollandiyalik jurnalist YeI davlatlari mudofaa vazirlari onlayn-uchrashuvini buzdi

Jurnalist YeI mudofaa vazirlari qizg‘in bahslashayotgan vaqtda ekranlarda paydo bo‘lgan va siyosatchilarga qarata qo‘l silkitgan, Yevro diplomatiya rahbari Jozep Borrelning savoliga javoban u gollandiyalik jurnalist ekanligini aytgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Niderlandlar bosh vaziri Mark Rutte, juma kuni jurnalist YeI mudofaa vazirliklari rahbarlari virtual majlisiga ulanishga muvaffaq bo‘lgach, kiberxavfsizlikni kuchaytirishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Belgiyaning Le Soir nashri.

Kiberhujumlarning 75 % AQSh tomonidan nazorat qilinadi - Xavfsizlik Kengashi

Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar mudofaa vazirliklari rahbarlari virtual uchrashuvi juma kuni bo‘lib o‘tgan. Unda kollektiv yevroxavfsizlik masalalari hamda YeI mudofaasini yaqin istiqbolda kuchaytirish bo‘yicha umumiy yo‘nalishlar muhokama qilingan.

RTL Nieuws telekanali xabariga ko‘ra, jurnalist Daniel Verlaan Niderlandlar mudofaa vaziri Ank Beyleveld tomonidan e’lon qilingan suratda videokonferensiyaga kirish parolining bir qismini ko‘rib qolgach, Zoom servisida bo‘lib o‘tayotgan vazirlar virtual uchrashuviga ulanishga muvaffaq bo‘lgan.

Yevropada kiber qo‘shin tuzildi

"Ministrlar yana bir karra qay darajada ehtiyot bo‘lish kerakligi borasida o‘ylab ko‘rishlari lozim", - deya iqtibos keltirgan niderland bosh vaziri so‘zlaridan belgiya nashri.

Xabarda aytilishicha, Niderland mudofaa vaziri karantinda bo‘lgan va faoliyatni vazirlik binosida olib bormagan, shu tufayli barcha zarur xavfsizlik choralariga amal qilinmagan.

Jurnalist YeI mudofaa vazirlarining qizg‘in diskussiyasi vaqtida ekranlarda paydo bo‘lgan va ularga qarata qo‘l silkitgan, Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning savoliga javoban u gollandiyalik jurnalist ekanligini aytgan. Borrel unga qonunni buzganligiga ishora qilganida, jurnalist: "Sizning majlisingizni to‘xtatganimdan afsusdaman, hoziroq uni tark etaman", degan.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvdagi ushbu "vzlom" tufayli majlisni ma’lum vaqtga to‘xtatishga majbur bo‘lishgan.