O‘zbekistonda koronavirus: 20-noyabr asosiy xabarlari

O‘zbekistonda yana 76 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 147 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

O‘zbekistonda koronavirus: 19-noyabr asosiy xabarlari

20 noyabr coat 13:00 ga qadar 63 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 147 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar, Andijon viloyatida 3 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida 8 nafar, Toshkent viloyatida 26 nafar, Toshkent shahrida 32 nafar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 68 327 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 218 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 602 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 56,9 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 36,5 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (11,7 mln), Hindistonda (9,0 mln), Braziliyada (6,0 mln).