TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Natsiyatlar Germaniyasi rahbariyati ustidan tribunalni Nyurnberga o‘tkazishga qaror qilingan, negaki bu shahar Milliy sotsialistik partiya uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va Berlinga nisbatan kamroq vayron bo‘lgan edi, dedi Rossiya harbiy-tarix jamiyati (RVIO) ilmiy direktori Mixail Magkov.
"Birinchidan, bu Germaniya milliy-sotsial partiyasi uchun muhim shahar edi, bu yerda uning majlislari o‘tgan. Ikkinchidan u nemis poytaxti Berlin kabi vayron bo‘lmagandi", — dedi Magkov RIA Novostiga bergan intervyusida.
Jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rilgandi, deb ta’kidladi tarixchi. Unga 160 dan ortiq guvohlar jalb qilingan, barcha majlislarning stenogrammasi 20 ming sahifadan oshgan.
Shu bilan birga, Magkovning so‘zlariga ko‘ra, g‘olib-davlatlar fashistlar ustidan sud jarayoni qanday o‘tkazilishi kerakligi to‘g‘risida boshida fikrlari bir joydan chiqqan.
AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill "jarayon siyosiyroq o‘tishi, ya’ni fashistlar boshliqlarini ushlash, ularni tezda so‘roq qilish va otish kerakligini ta’kidlashardi".
Ammo SSSR rahbari Iosif Stalin "jarayon aynan huquqiy bo‘lishi, har bir natsist jinoyatchisi konkret o‘z jinoyatlari uchun jazo olishi kerakligida qat’iy turgan edi", deb hikoya qildi tarixchi.
Nyurnberg sud jarayoni bundan roppa-rosa 75-yil oldin, 1945-yil 20-noyabrda boshlangan. U deyarli bir yil - 1946-yil 1-oktabrgacha davom etgan. Fashistlar Germaniyasining 24 nafar oliy rahbarlari tribunalga tortilgan. Dunyoga va insoniyatga qarshi og‘ir jinoyatlarda ayblanganlarning 12 nafari dorga tortilish orqali o‘lim jazosiga hukm qilingan. Qolganlari umrbod qamoq jazosi yoki uzoq muddatli qamoq jazosini o‘tashga hukm etilgan.