Turk tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘da: kerakmi yoki yo‘q

Anqaraning Kavkaz orti yo‘nalishidagi harbiy-siyosiy faollashuvi va Turkiya Buyuk Milliy Majlisi Bosh Assambleyasining - Ozarbayjonga bir yil davomida miqdori noma’lum bo‘lgan turk harbiy xizmatchilarini kiritish to‘g‘risidagi qarori turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan holatdir.
Sputnik

Missiya miqdori va chegarasini Turkiya prezidenti ma’muriyati aniqlaydi va ushbu qaror regional turbulentlik katalizatoriga aylanishi mumkin.

Tog‘li Qorabog‘: yonayotgan uylar, Rossiya tinchlikparvar kuchlari va harbiy texnika

Ozarbayjonda turk harbiylari nima uchun tinchlikparvarlar rolini o‘ynay olmasligi fakti ortiqcha tushuntirish talab qilmaydi. Anqara mavjud bo‘lgan barcha vosita va usullar yordamida mojaro tomonlaridan birining manfaatlarini himoya qilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turk yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘anni vaziyatni o‘tkir tus oldirmaslikka va turk harbiylarini Qorabog‘ga kiritib, arman tomonini provokatsiya qilmaslikka ko‘ndirgandek edi. Ammo Erdog‘an - harakatlarini oldindan aytib bo‘lmaydigan siyosatchi nomini qozongan, u ayniqsa, o‘ta xatarli qarorlarni qabul qilish iqtidoriga ega. Ozarbayjon zaminida Anqara bu ishlarni faqatgina Boku bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin, ammo strategik qarorlar katta ehtimol bilan qabul qilingan, voqealar ketma-ketligi ham ayonligi turgan gap. Bu konspirologiyadan ko‘ra, ko‘proq geosiyosiy analogiyaga o‘xshamoqda.

RF nazorati ostida: rossiyalik tinchlikparvar kuchlar Qorabog‘ poytaxtiga kirishdi — video

Masalan, Rossiya 2015-yilda Damashq iltimosiga ko‘ra (tartibni tiklash uchun) Suriyaga vaqtincha muddatga cheklangan harbiy kontingentni kiritgan edi va SARda ikkita doimiy harbiy bazaga ega bo‘ldi. Anqara bu faktdan mamnun edi, deya olmaymiz. Turkiya qardosh xalqqa yordam berish va o‘z manfaatlarini ilgari surish kabi (aks) rejalarga egaligi bois, Ozarbayjon yo‘nalishi bo‘yicha "o‘yinga sho‘ng‘ib, boy berilgan barchasini o‘ziga qaytarish" imkoniga ega. Norozi qo‘shnilar esa bunga samarali javob izlashlari yoki mojaro zonasida qisilishlariga to‘g‘ri keladi.

Ozodlik darajasi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 10-noyabrdan keyin duch kelgan qulay vaziyatda va deyarli har kuni Turkiya Qorabog‘ operatsiyalarida Rossiya bilan birgalikda ishtirok etajagini eslatib kelmoqda. Bu shunchaki tasodif emas. 10-noyabrdagi uch tomonlama kelishuv bilan o‘sha ko‘rimsiz, ammo shu bilan birga ancha xavfli noaniqliklarga ega "yangi tinchlikka" asos solingan edi.

Armaniston Tog‘li Qorabog‘da qanday harbiy xatolarga yo‘l qo‘ydi

Tog‘li Qorabog‘ tutashuv chizig‘i(sobiq front chizig‘i) va ikkita ichki nazorat zonasi(arman aholisi bilan)ga ega, ammo hududda va xaritalarda tashqi xavfsizlik zonasi aniqlanmagan. Mana, misol uchun, Gruziya-Abxaziya mojarosida regionda Inguri darosi tomonlarni ajratish chizig‘i bo‘lib xizmat qilgan edi, undan g‘arbga 12 km va sharqga 12 kmga xavfsizlik zonasi cho‘zilgan edi, bundan tashqari yana 12 km masofada qurol-yarog‘ cheklangan zona mavjud bo‘lib, bu jami hududlar Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida edi. Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostidagi xavfsizlik zonasi "ichkariga qaratilgan", tashqarida esa Ozarbayjon tomoni (va Anqara) ma’lum darajada erkinlikka ega va bundan o‘z raqiblariga ziyon yetkazish uchun foydalanishga imkoniyat mavjud. Rossiya tinchlikparvar kuchlari postlari tutashuv chizig‘i ortidagi "narigi hududni" nazorat qilmaydi. Va bu masalaning asosiy nozik tomoni emas.

Uch tomonlama bitim bilan dastlab o‘t ochishni to‘xtatishning ikki konstantasini belgilab olindi - Rossiyaning Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvarlik operatsiyasi (arman aholisi bilan) va Rossiya-Turkiya qo‘shma nazorat markazi (olisdagi bir hududda). Ularning o‘zaro hamkorligi ehtimoli bor, integrallashuvi esa istisno qilingan. Avvalroq turkiyalik kuzatuvchilarning Qorabog‘ bo‘yicha harakatchanligi cheklangani, harakat missiyalari rejalashtirilmagani (ma’lumot yig‘ish uchuvchisiz uchish qurilmalariga ishonib topshirilishi) haqida xabar berilgandi. 

Armaniston muxolifati Pashinyan iste’fosini talab qilmoqda

Shunga qaramay, tutashuv chizig‘idan tashqarida, ozarbayjon aholisi ko‘p bo‘lgan hududlarda Bokuning nazorat qilish opsiyalari ko‘proqdir, Rossiya-Turkiya qo‘shma markazi Ozarbayjonning aniq qaysi hududida joylashishi esa hali ham noma’lum. Bu tomonlarni ajratish chizig‘idan unchalik uzoq bo‘lmaydi deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi (operativ vaziyatni shu tarzda boshqarish osonroq). Ehtimol, 45 kunlik harbiy harakatlar davomida Ozarbayjon qo‘shinlari nazorati ostiga o‘tgan yetti tumanlarning birida joylashar.

Xavfli tajribalar

Ozarbayjon - suveren mamlakat, shu bois, RF tinchlikparvar kuchlari operatsiyasining o‘ziga xosligi va replikatsiyasi imkonsizligi to‘g‘risidagi Rossiya TIV tomonidan bo‘layotgan muntazam eslatmalarni Bokuning harbiy-siyosiy rahbariyati normal ish jarayoni, deb qabul qilayapti ehtimol. U yoki bu muammoni hal qilar ekan, prezident Ilhom Aliyev o‘zining yaqin turk do‘stlarini yoki Yangi Zelandiyadagi olis maori-jangchilarini o‘z mamlakatiga taklif qilishga haqli. Qorabog‘ o‘rmonlarini tiklash bo‘yicha monitoring markazi yoki boshqa istalgan hamkorlik formati tarkibiga ham.

Jirinovskiy: Tojikiston va Armaniston Ulkan Rossiya tarkibiga kirishi kerak

Buning uchun ikkala tomonning ham shunga xohishi bo‘lsa, bo‘lgani. Bunday tajribalar uchun vaqt keragidan ham ortiq, tinchlikparvar operatsiyalari odatda o‘nlab yillar davom etadi. Kelajak - ko‘p variantli.

RF TIV Tog‘li Qorabog‘ maqomini aniqlashtirishning hatto taxminiy muddati ham mavjud emasligini qayd etdi. Mintaqadagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Ilhom Aliyev "Rossiya va Turkiya ozarbayjonliklar va armanlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha operatsiyalarda ishtirok etishadi", deya bayonot qildi.

Bu orada Bokudagi shaxidlar alleyasida provokatsion miting bo‘lib, unda asosiy shart sifatida - Rossiya tinchlikparvar kuchlarini Tog‘li Qorabog‘dan chiqarilishi ilgari surildi. Bu mojaro oqimi ko‘p variantli ekanini eslatguvchi tashvish qo‘ng‘irog‘idir.

Bu aksiya Ozarbayjon parlamentida allaqachon qoralandi. Ammo shunday esa-da, uch tomonlama bitim vaqt sinovidan o‘tmadi, tinchlik barqaror emas.