TOShKENT, 19 noya - Sputnik. Toshkent shahrida 28 yashar erkak og‘zaki urush oqibatida ikki insonni pichoqladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot-xizmati.
Hodisa 2020-yilning 16-noyabr kuni Sergeli tumanida yuz bergan.
Hodisa bosh qahramonlaridan biri 28 yoshli Alisher va uni haqoratlagan 18 yoshli Ag‘zam o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Mojaro oqibatida Alisher oshxona pichog‘i bilan Ag‘zam Y.,ga hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan 24 yoshli Shaxnoza M.,ning tanasini turli joylariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda, Ag‘zam Y., va Shaxnoza M.,lar tan jarohatlari bilan RShTOIMga murojaat qilishgan.
Ko‘zdan kechirish jarayonida hodisa joyidan oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Alisher M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Alisher M., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.