O‘zbekistonda koronavirus: 19-noyabr asosiy xabarlari

O‘zbekistonda yana 63 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 921 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Qazg‘oq xavfli kasallikning alomati - Britaniya olimlari

19 noyabr coat 15:00 ga qadar 63 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 921 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Toshkent viloyatida 10 nafar, Toshkent shahrida 35 nafar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan..

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 68 123 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 196 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 602 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi

Qo‘shniga yordam

O‘zbekiston 18-noyabr kuni Qirg‘izistonga navbatdagi gumanitar yordamni — 200 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini yubordi. 

Patent

Migrantlarning Rossiya hududida bo‘lib turishlariga ruxsat koronavirus pandemiyasi yakuniga qadar uzaytirilishi mumkin, deb xabar qildi RF inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova.

"Agar pandemiya davom etadigan bo‘lsa, ichki ishlar vaziriga u bizni pandemiya yakuniga qadar qo‘llab-quvvatlashini so‘rab murojaat qilishga qaror qildik", - dedi u.

Bundan tashqari, ombudsman chet ellik fuqarolarga huquqiy amnistiya e’lon qilishni taklif etdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 56,2 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 36,1 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (11,5 mln), Hindistonda (9,0 mln), Braziliyada (5,9 mln).