TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Parkinson kasalligining alomatlaridan biri - bu qazg‘oq. Express bu kasallikni o‘rganish bo‘yicha tarqiqot o‘tkazgan Britaniya jamiyati ma’lumotlariga asoslanib maqola nashr etdi.
Seborey dermatiti - yengil shaklda u qarg‘oq shaklida namoyon qiladi, og‘ir holatda - bosh terisi qizarib, tangacha dog‘lar hosil bo‘ladi, kamdan-kam hollarda nam toshma paydo bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, olimlar seborey dermatitning Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga ta’sir qilish sababini hozircha ayta olmayapti.
Seborey dermatit - bosh terisining yallig‘lanish kasalligi. Kasallikning sababi ko‘pincha gormonal buzilish. Yana bir sabab - testosteron, anabolik steroidlar va glyukokortikosteroidlarni uzoq muddat davomida qabul qilish.
Avvalroq, amerikalik tadqiqotchilar Parkinson kasalligining eng keng tarqalgan belgilaridan biri - sababsiz terlash ekanligini ta’kidlashgan edi.
Parkinson kasalligi - bu markaziy asab tizimining asta-sekin o‘sib boruvchi degenerativ xastalik. Uning ko‘rinishlari - bu harakatlanishning buzilishi, mushaklarning og‘rishi va ularning ixtiyoriy qisqarishi (tremor). Muvozanatni saqlash qobiliyatini buzilishi ham ko‘zatilishi mumkin.