TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Armaniston aholisining aksariyati Rossiyaga nisbatan yaxshi munosabatda, Sputnik radiosi buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda.
Telefon orqali o‘tkazilgan intervyu vaqtida respondentlarning 83,8 %i xuddi shunday pozitsiyani bildirganlar.
Armaniston aholisining faqat 9,4 foizigina aks javob berishgan, yana 6,8 foizi javob berishga qiynalgan.
Respondentlarning 62,3 foizi Armanistonga do‘st davlat sifatida Rossiyani tilga olishgan. Ikkinchi o‘rinda Fransiya (39,9%), uning ketidan Eron (6,4%), AQSh (5,8%), Germaniya (1,2 %) va Gruziya (0,6%) kelmoqda.
Shu bilan birga respondentlarning 4,6 %i javob berishga qiynalishgan.
Armaniston ittifoqdoshi deb qaysi davlatni bilasiz, degan savolga armanlarning 84,6 foizi Rossiya nomini tilga olishgan, resondentlarning 11,8 foizi qarshi tomon bo‘lgan. Respondentlarning yana 3,6 foizi javob bera olmagan.
Respondentlarning aksari (79,6 foiz) RFdan harbiy-siyosiy yordam olishga tayyorligini bildirganlar. Xuddi shunday yordamni Armaniston aholisining 14,4 foizi Fransiyadan, 6,8 foizi Erondan, besh foizi AQShdan, 0,4 foizi Germaniyadan qabul qilishga tayyorligini bildirganlar. "Boshqadan" varianti uchun 12,2 foiz ishtirokchilar ovoz berishgan, 7,4 foizi esa javob tanlashda qiynalgan.
Tadqiqot 17-noyabr kuni Gallup International Armanistondagi eksklyuziv a’zosi "Em Pi Dji" OAJ kompaniyasi tomonidan Sputnik buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazilgan.
So‘rovda 501 kishi ishtirok etgan.