Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 55 milliondan ortdi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 55 milliondan ortdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Jons Xopkin universiteti ma’lumotlariga tayangan holda.

“Tojdor virus” yengil shakli ham xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin – Britaniya olimlari

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston vaqti bilan 12:54da koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘ylab 55 033 418 nafarga yetgan, ushbu infeksiyani yuqtirgani tasdiqlangan 1 327 500 kishi vafot etgan.

Sog‘aygan insonlar soni 35,3 millionni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonga 17-noyabr holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan fuqarolar soni 70 444 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 67 734 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi - COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi.