O‘zbekiston AQSh mablag‘i evaziga Afg‘onistonda temir yo‘l quradi

Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi qonunga muvofiq O‘zbekiston “Mozori Sharif – Qobul" yo‘nalishida temiryo‘l quradi.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston hududida temir yo‘l loyihasi uchun AQShning Xalqaro moliya korporatsiyasi - DFCning mablag‘larini jalb qilish niyatida. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev tomonidan 12-noyabr kuni imzolagan “Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.

O‘zbekiston va Afg‘oniston temir-yo‘l sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Xususan, qarorda O‘zbekistonga Pokiston portlariga chiqish imkoni beradigan “Mozori Sharif – Qobul” yo‘nalishida temiryo‘l qurish loyihasi uchun AQSh va boshqa xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish uchun O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tomonidan qo‘shma so‘rovnoma yuboriladi, deyilgan.

Ushbu yilning dekabr oyida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston hukumati vakillari ushbu masala borasida tezlashtirilgan tartibda muzokaralar o‘tkazishi hamda temiryo‘lning optimal yo‘nalishini tanlashi rejalashtirilgan.

Shuningdek Qarorda, barcha kerakli hujjatlar 2021-yilning iyun oyida tayyorlanib, temiryo‘l qurilishini kelgusi yilning sentabr oyida boshlash belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning dekabr oyida “O‘zbekison Temir yo‘llari” AJ Butun afg‘oniston hududini kesib o‘tuvchi “Mozori Sharif – Qobul – Peshavar” temir yo‘lini qurish borasida O‘zbekiston, Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston va Pokiston orasida muzokaralar o‘tkazilishini xabar qilgan edi. Kompaniya xabariga ko‘ra, yangi magistral Janubi Sharqiy Osiyoni Hindiston, Afg‘oniston, Pokiston,  Rossiya va Yevropa Ittifoqi bilan bog‘lab turuvchi tranport koridori bo‘lishi kerak.

Xitoy Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida temir yo‘l barpo etadi

2010 yilda "O‘zbekiston temir yullari" Afg‘oniston hududida umumiy qiymati 129-yillion dollar bo‘lgan, “Xayraton — Mozori Sharif” yo‘nalishida uzunligi 75 kilometr bo‘lgan temiryo‘lni qurib bitkazgan edi.

2017 yilda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani tashrifi yakuniga binoan “Mozori Sharif –  Hirot” yo‘nalishida temiryo‘l qirishga kelishib olingan edi. kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston loyiha va qurilish ishlari bilan shug‘ullanishi, Afg‘oniston  esa – moliya manbaalari bilan shug‘ullanishi kerak edi.