Klinton AQShning dunyoga oid rejasini e’lon qildi: Rossiya uchun yaxshi yangilik

"Kulrang kardinal" va AQSh prezidenti bo‘lish baroridan kelmagan - Xillari Klinton nufuzli Foreign Policy jurnalida dastur matnini chop etdi, uni dunyo gegemonligini tiklash ishida Amerika "chuqur davlati"ning haqiqiy strategiyasi, deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
Sputnik

Endi bo‘lajak zombi-prezident Baydenning taxtga chiqish nutqini tinglamasa yoki o‘qimasa ham bo‘ladi: Klinton xonim hammasini maksimal darajada eng aniq atamalarda bayon qildi, - va "Klinton klani"ning Amerika siyosati haqiqiy reytingidagi o‘rnini hisobga olganda – aynan bu strategiya ro‘yobga chiqishi ehtimoli juda-juda yuqori.

Xitoy Baydenni AQSh prezidenti lavozimiga saylangani bilan qutladi

O‘ngmagan "madam prezident" (o‘zini o‘zi shunday deb atagan) matnidagi eng paradoksal narsa shundaki, ushbu dasturda Donald Tramp haq bo‘lganligi yaxlit, katta va batafsil e’tirof etilgan. Donald Tramp, hatto agar hayotini panjara ortida tugatsa ham (yuz berishi mumkin bo‘lgan ssenariy), o‘zi uchun aql bovar qilmaydigan yutuqni yozishi mumkin - u AQShning tarixiy kursini buzdi va Amerika qabristonlari ovozidan foydalanib hokimiyatga keladiganlar ehtimol o‘zlarining tashqi va hatto ichki siyosatini qurishda nyu-yorklik tantiq milliarder mixlagan nuqtalar bo‘yicha oriyentir olishga majbur bo‘ladi.

AQShning 45-prezidentiga nisbatan bildirilgan an’anaviy tanqidlarga qaramay, Klinton xonim ilgari demokratlar shunchaki e’tiborsiz qoldirishni emas, balki inkor qilishni afzal ko‘rgan muammolarga e’tibor qaratdi:

"Ikkala partiyaning (prezident - tahr.) administratsiyasi anchadan buyon strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni zaiflashtiradigan va muhim ishlab chiqarish zanjirlarini chet elga jo‘natadigan iqtisodiy siyosatning milliy iqtisodiyotga ta’siriga (iqtisodiy siyosat - tahr.) yetarlicha baho bermayapti. Ma’lum sabablarga ko‘ra tashqi siyosiy hamjamiyat (ya’ni Davlat departamenti, prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchilari, tahlil markazining ekspertlari - tahr.) yangi savdo shartnomalari ittifoqlarni mustahkamlash va rivojlanayotgan mamlakatlarda Amerikaning ta’sirini kuchaytirishga e’tibor qaratdi. Respublikachilar ishchilarni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlari yaratish va uyda qiyin ahvolda bo‘lgan jamoalarga sarmoya kiritish bo‘yicha sa’y-harakatlarga to‘sqinlik qilganda, demokratlar yangi savdo shartnomalarini sekinlashtirishi kerak edi,” - deb yozadi Klinton.

Rossiya va AQSh DSNV shartnomasini bir yilga uzaytirishga yaqinlashdi - Nebenzya

Agar iqtisodiy globallashuv oqibatlariga juda mas’uliyatsiz bo‘lgan respublikachilarga tanqid bo‘lmaganda, bu passajni Donald Trampning spichrayterlaridan biri tomonidan yozilgan deb o‘ylash mumkin edi, u butun siyosiy karyerasi davomida ikkala ham demokrat, ham respublikachilarga qarshi ayblovlar asosida qurdi, ular Amerika ish joylarini va ishlab chiqarish obyektlarini ataylab Xitoyga ko‘chirgani, bu esa Pekin dunyoning yetakchi derjavasi maqomi uchun Vashington bilan raqobatlashish vaziyatiga olib keldi.

Amerikancha globallashuv o‘ldi, negaki Tramp uni o‘ldirdi, hozir hatto Demokratik partiyaning yetakchi siyosatchisi “tramp qolipi”ni o‘zining dastur matniga kiritmoqda va Xitoyni AQSh milliy xavfsizligiga - nafaqat harbiy, balki (avvalo) iqtisodiy tahdid sifatida ko‘rsatmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Xillari Klintonning dasturida Rossiyaga qaraganda, ko‘proq Xitoyga qarshi kurashga e’tibor qaratilgan, garchi uning matnida ko‘p hollarda AQShning asosiy dushmanlari tilga olinganda, vergul bilan ajratilgan. Hech bo‘lmaganda, maqsadni belgilash darajasida "barcha kuchlar Rossiyaga nisbatan jamlanishi" haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Barcha munozaralar sovuq urush klishesidan voz kechish va birinchi navbatda Xitoyni, Rossiyani esa biryo‘la bo‘g‘ish bo‘yicha to‘g‘ri usulni topish zarurligiga asoslangan.

Umid qilaman, Bayden AQSh-Rossiya o‘rtasidagi ishonchni tiklash muhimligini tushunadi - Gorbachov

Biroq, demokratik siyosiy nutqdagi ba’zi bir "tramp" o‘zgarishlariga ko‘rsatilganda faqat qarama-qarshilikka yo‘nalishni saqlab qolish nuqtayi nazaridan temir izchilligini qayd etmaslik mumkin emas - Klinton xonimning matniga ko‘ra, Xitoy va Rossiya bilan tinch-totuv yashash g‘oyasi, qandaydir hamkorlik yoki yengillik haqida hech narsa aytilmagan, shunchaki uning xayoliga kelmagan.

Davlat departamenti sobiq rahbari tomonidan hatto diplomatiya ham birinchi navbatda kuchli bosim uchun qulayroq vosita sifatida qabul qilinadi. Masalan, Tramp administratsiyasini ittifoqchilar bilan ishlashni bilmasligini tanqid qilar ekan, u to‘g‘ri diplomatiyaning quyidagi misolini keltiradi:

"Diplomatiyaning qayta tiklanishi Qo‘shma Shtatlarning harbiy mavqeyini kuchaytirgan bo‘lardi. AQSh ittifoqlari - bu na Xitoy, na Rossiya teng bo‘la olmaydigan aktiv, u Vashingtonga hokimiyatni butun dunyoga yoyishiga imkon beradi. Masalan, men davlat kotibi bo‘lganimda, biz Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli dengiz yo‘llari yaqinida, Shimoliy Avstraliyada 2500 nafar AQSh dengiz askarlarini joylashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishgandik".

AQSh "slansevik"larini neft gigantlari qutqarmoqda. Gigantlarni o‘zi cho‘kib ketmasaydi

Umuman olganda, dunyo Qo‘shma Shtatlar o‘z vassallaridan o‘lponni olish mexanizmini qayta formatlashini ko‘rishga to‘g‘ri keladi va agar Tramp (haqiqiy biznesmen sifatida) naqd pul shaklida to‘lovni afzal ko‘rgan bo‘lsa (shu sababli Klinton uni NATOni "reket" biznesiga aylantirganlikda ayblaydi), demokratik isteblishmentning yangi yondashuvi shundan iboratki, vassallar pul bilan ham, boshqacha aytganda, tovar bilan ham to‘laydilar - AQShga Xitoy yoki Rossiya oldida qandaydir harbiy ustunlikni qo‘lga kiritishda yordam beradigan harakatlar shaklida.

Biroq, yaxshi yangilik ham bor: hech bo‘lmaganda deklarativ darajada Bayden administratsiyasining "kulrang kardinali" Xitoy yoki Rossiya bilan "tasodifiy" yadroviy urushdan qochishga chaqiradi, chunki Bayden administratsiyasida umuman muzlab qolgan "qirg‘iylar"ning ma’lum soni borligi fonida odamni xursand qiladi.

Yangi qurol tizimlarini yaratish bo‘yicha ehtiyoj haqida gapirar ekan, Klinton "oddiy uzoq masofali hujumni yadro zarbasi bilan adashtirish ehtimolini kamaytirish maqsadida, bu halokatli eskalatsiyaga olib kelishi mumkin, Xitoy va Rossiya bilan maslahatlashishga imkon beradigan mexanizmlar bilan birga bo‘lishi kerak”, - deb ta’kidlaydi. Albatta, Vashington bunday mexanizmni ishga solish uchun harakat qilishi bu yaxshi, ammo Amerika isteblishmenti o‘zlarining geosiyosiy manfaatlarini raketa-bomba (yadroviy bo‘lmasa ham) zarbalari yordamida ilgari surishiga diqqatni to‘plashi (sobiq davlat kotibi ovozi bilan gapirganda) ijobiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqarmaydi.

Amerika "chuqur davlati"ning Amerikaning siyosiy, harbiy va diplomatik mashinasini boshqarish vositalariga to‘laqonli qaytishi global apokalipsisga aylanmaydi, ammo sayyorada tinchlik bo‘lmaydi: AQSh o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z hududiga qaytarishga, geosiyosiy raqiblariga esa faol harbiy va diplomatik usullar bilan bosim o‘tkazishga harakat qiladi. Agar Bayden administratsiyasining AQSh iqtisodiyotini sanoat ishlab chiqarish yo‘nalishiga qaytarish qobiliyatiga jiddiy shubha tug‘dirsa, unda Amerika harbiy mashinasi butun dunyo bo‘ylab qonli qaltis ishlarini davom ettirish uchun mamnuniyat bilan qaytishiga shubha yo‘q.