TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Nafas olish gimnastikasi va maxsus mashqlar yordamida koronavirus infeksiyasidan so‘ng o‘pkaning tiklanishini tezlashtirish mumkin, dedi allergolog-immunolog Yevgeniya Parshina.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mashqlarni kuniga bir necha marta bajarish kerak.
"Nafas olish gimnastikasini o‘tirgan va yotgan holatda bajarish mumkin. Shuningdek, mashg‘ulotlar tonusni saqlashga yordam beradi", - deb tushuntirdi Parshina "Argumenti va fakti" nashriga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, bemorlar gelioks (yuqori haroratgacha qizdirilgan geliy-kislorod aralashmasi. - tahr.) bilan ingalyatsiya qilish mumkin, - deya xulosa qildi mutaxassis.