Shveysariya Credit Suisse tahlilchilari "Sputnik V" vaksinasini baholashdi

Gamaleya markazi, RF to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi vakillari va Shveysariyaning eng yirik moliyaviy kompaniyalardan biri - Credit Suisse tahlilchilari guruhi o‘rtasida vaksinaning klinik sinovlarining 3-bosqichi bo‘yicha muzokaralardan so‘ng hisobot e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. “Sputnik V“ koronavirusiga qarshi Rossiya vaksinasini ishlab chiqishda odam adenovirusining 2ta vektoridan foydalanish - bu vektorlarga qarshi immunitet mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish imkoni beradi, bu esa vaksinaning samaradorligini oshiradi, deb yozilgan  Credit Suisse kompaniyasi tahliliy hisobotida. RIA Novosti xabariga asosan.

"Sputnik V" vaksinasi samaradorligi 92%ni tashkil qildi

Gamaleya markazi, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi vakillari va Shveysariyaning eng yirik moliyaviy kompaniyalardan (konglomerat) biri - Credit Suisse tahlilchilari guruhi o‘rtasida emlashning klinik sinovlarining uchinchi bosqichi bo‘yicha muzokaralardan so‘ng hisobot e’lon qilindi.

“Odamning virusli texnologiyalaridan foydalanilganligi borasidagi ochiq munozaralar bizni ilhomlantirdi va bizning fikrimizcha, vaksina samaradorligining 92% AstraZeneca vaksinasi prognozlariga nisbatan ijobiy omil bo‘lib, u haqda ma’lumotlar ehtimol dekabr oyining boshlarida kutilmoqda. Ammo shuni ta’kidlashimiz kerakki, AstraZeneca shimpanze adenovirus vektoridan foydalanadi, “Sputnik” esa har xil ikkita odam adenovirusi vektorlaridan foydalanadi”, - deyilgan hisobotda.

Credit Suisse tahlilchilarining ta’kidlashicha, Gamaleya markazining “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishga bo‘lgan yondashuv J&J va CanSino tomonidan o‘z vaksinalarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan uslubga o‘xshaydi - barcha holatda kompaniyalar adenovirus vektorlardan foydalanadilar.

"Ammo “Sputnik”ning asosiy farqi shundaki, vaksinaning birinchi (rAd5) va ikkinchi (rAd26) dozalari uchun ikkita turli xil adenovirus vektor ishlatiladi. Bu bu inson vektorlariga nisbatan oldindan immunitet mavjudligi bilan bog‘liq muammolarni yengishga imkon beradi", - deb ta’kidlashdi Credit Suisse tahlilchilari.

Hisobotda ta’kidlanishicha, muzokaralar davomida emlashning qisqa ta’sir davomiyligi masalasi ko‘tarilgan, bu grippga qarshi emlashlar bilan taqqoslangan, ularda ham adenovirus vektorlar qo‘llaniladi va ularning ta’siri 3-6 oydan oshmaydi. "Ammo munozara ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, birinchi ukoldan keyin vaksina ta’siri 10 baravar, ikkinchisidan keyin - ikki baravar ko‘p", - deb takidlashdi hisobot mualliflari.

Bundan avval, RFda o‘tkazilgan tadqiqotlarning uchinchi bosqichi ma’lumotlarini birinchi oraliq tahlili paytida koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining samaradorligi 92 %ni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Turkiya “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qiziqish bildirdi

""Sputnik V" vaksinasining samaradorligi 92% ni tashkil etdi (hisoblash platsebo guruhidagi 20ta tasdiqlangan holatlarni taqsimlash va vaksinani olgan guruh ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan)", deyiladi xabarda.

Samaradorlik ko‘ngillilarning birinchi emlangan kunidan 21 kun o‘tgach, birinchi oraliq ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tasdiqlangan.

Avgust oyida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19ning oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Unga "Sputnik V" nomi berilgan. Preparat uch hafta oralig‘ida ikkita komponentni kiritishni o‘z ichiga oladi.