TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
15 noyabr coat 20:00 ga qadar 79 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 181 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 4 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Toshkent viloyatida, 73 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
131 nafar koronavirusga chaligan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 67 446 nafarga yetdi.
Ayni paytda 2 137 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Kun davomida koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 598 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 53,9 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 34,7 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (10,9 mln), Hindistonda (8,8 mln), Braziliyada (5,8 mln).