Janubiy Koreyaga pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanadi - TMMA

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, ikki davlatda ham pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanishi, shundan so‘ng ta’tilga va ish joyini almashtirib kelgan fuqarolarimiz o‘z ish joylariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib borishi ma’lum qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekiston – Janubiy Koreya: ikki davlatda ham pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanadi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Mehnat migrantlari kosmodromda ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

Agentlik boshlig‘i M.Mamatxonov, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi konsulining birinchi kotibi Xo In Cu va Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi "EPS" markazi direktori Song Sang Jing o‘rtasida uchrashuv tashkil etilgan.

Uchrashuvda joriy yil yanvar oyidan boshlab Koreya Respublikasidagi korxonasidan mehnat ta’tili olib, O‘zbekistonga kelgan fuqarolarimizni ushbu davlatdagi ish joyiga qayib borishini ta’minlashga doir masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, ikki davlatda ham pandemiya sharoiti yaxshilanishi bilan aviareyslar tiklanishi, shundan so‘ng ta’tilga va ish joyini almashtirib kelgan fuqarolarimiz o‘z ish joylariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib borishi ma’lum qilindi.

Hozirgi kunga qadar ishchi vizasiga ega fuqarolar tranzit aviareyslar orqali mustaqil ravishda Koreya Respublikasiga jo‘nab ketish uchun urinish holatlari aniqlanmoqda. Natijada o‘zlariga iqtisodiy zarar yetkazmoqda.

Uchrashuvda ushbu harakatlar sababli ularning o‘zi ham, boshqa fuqarolar ham Koreya Respublikasiga kirib borishini yanada kechiktirishi hamda salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida eslatib o‘tildi.