Mirziyoyev Sadir Japarov bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Nima haqda gaplashishdi?

Suhbatda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mirziyoyev ShHT sammitida nutq so‘zladi: asosiy fikrlar va takliflar

Suhbatda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport, hududlararo va gumanitar almashinuv sohalarida, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishga xizmat qiladigan qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiya, shuningdek, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiya va Chegaradosh viloyatlar rahbarlari kengashi ishini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatlariga qarshi kurashish masalalarida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va ko‘maklashishni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Mirziyoyev O‘zbekiston qardosh Qirg‘iziston xalqining tinch va barqaror taraqqiyot, farovonlik va ravnaq sari intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.