TOShKENT, 14 noya - Sputnik. 14-noyabr kuni Buxoro—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan "Afrosiyob" poyezdi nosozlikka uchradi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati xabar berdi.
16 Oktabr 2020, 09:47
Xabarga ko‘ra, Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 765-sonli "Afrosiyob" elektropoyezdi texnik nosozlik sabab soat 08:11 da "Baxt" stansiyasida to‘xtagan. Nosozlikni bartaraf qilish choralari ko‘rilgandan so‘ng, shu kuni soat 09:50 da o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettirgan.
"O‘zbekiston temir yo‘llar" AJ rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 14-noyabrida ham Buxorodan Toshkentga kelayotgan poyezd elektr ta’minotidagi uzilish sabab Jomboyda to‘xtab qolgandi.